Chorshanba, 21-oktabr, 2026
Havo 85 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +12° kechasi +9°

Endi to‘liqsiz ish vaqtida ishlaydigan fuqaro huquqlari xalqaro standartlar asosida himoyalanadi

Bu to‘g‘risida konvensiya tasdiqlandi. Uning maqsadi to‘liqsiz ish vaqti sharoitida ishlovchi ishchilarning mehnat sharoitlarini, ularni mehnatga haq to‘lash va ijtimoiy ta’minot sohasidagi kamsitishdan himoya qilishni ta’minlashdir.

1 daqiqa o‘qiladi

Endi to‘liqsiz ish vaqtida ishlaydigan fuqaro huquqlari xalqaro standartlar asosida himoyalanadi

Ushbu Konvensiya jahonning 20 ta davlati tomonidan ratifikatsiya qilingan.

Ratifikatsiya nima?

Ratifikatsiya xalqaro shartnomaning davlat hokimiyati oliy organi tomonidan tasdiqlanishi. Odatda, eng muhim xalqaro shartnomalargina ratifikatsiya qilinadi. Koʻpchilik davlatlarning konstitutsiyalari xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish huquqini davlat boshligʻi vakolatiga yoxud bevosita oliy qonun chiqaruvchi organ vakolatiga kiritadi.

Xalqaro konvensiya ratifikatsiya qilindi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan Xalqaro Mehnat tashkilotining To‘liqsiz ish vaqti sharoitlarida ishlash to‘g‘risidagi 175-sonli Konvensiyasi (Jeneva, 1994-yil 24-iyun) ratifikatsiya qilindi.

Ushbu Konvensiya jahonning 20 ta davlati tomonidan ratifikatsiya qilingan. Unining maqsadi to‘liqsiz ish vaqti sharoitida ishlovchi ishchilarning mehnat sharoitlarini, ularni mehnatga haq to‘lash va ijtimoiy taʼminot sohasidagi kamsitishdan himoya qilishni taʼminlashdir.

Konvensiyaning foydalari

Bu konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi bo‘yicha senat muhokamasi haqida xabar bergan edik.

Muhokama chog‘ida Konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi to‘liqsiz ish vaqti sharoitida ishlovchi mehnatkashlar huquqlarini himoya qilish uchun qo‘shimcha kafolatlar yaratishga imkon berishi, mehnatni muhofaza qilish milliy tizimini yana-da takomillashtirishga salmoqli turtki berishi ta’kidlandi.

Senatorlar ta’kidlashicha, Konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi mehnat sohasidagi milliy qonunchilikni takomillashtirishga va xalqaro standartlarni samarali joriy etishni ta’minlashga xizmat qiladi, shuningdek, O‘zbekistonning xodimlar huquqlari kafolatlarini ta’minlash bo‘yicha asosiy xalqaro prinsiplar va standartlarga sodiqligini ko‘rsatadi.