Chorshanba, 21-oktabr, 2026
Havo 85 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +13° kechasi +9°

Raqobat qo‘mitasi: Yangiyo‘ldagi yog‘ zavodiga nisbatan ta’sir chorasi qo‘llanildi

Zavod tasdiqlangan sovun mahsulotlarini sotuvga chiqarmagan.

1 daqiqa o‘qiladi

Raqobat qo‘mitasi: Yangiyo‘ldagi yog‘ zavodiga nisbatan ta’sir chorasi qo‘llanildi

Raqobat qo‘mitasining ma’lum qilishicha, Yangiyo‘ldagi yog’ zavodiga nisbatan ta’sir chorasi qo‘llanilgan. Bunga esa zavod tasdiqlangan sovun mahsulotlarini sotuvga chiqarmaganligi sabab bo‘lgan.

10 tonna mahsulot hali ham omborda

Ma’lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 29-bandiga muvofiq, Monopoliyaga qarshi kurashish organi doimiy ravishda birja narxlari monitoringini o‘tkazib borishi belgilangan.

Monitoring o‘tkazilishi natijasida, “YANGIYO‘L YOG‘-MOY” AJ tomonidan 2024-yil fevral oyida birja savdolariga 10 tonnadan ziyod 250 mln. so‘mga yaqin sovun mahsuloti tasdiqlangan grafik rejasi asosida muddatlar va hajmlarda qo‘yilishi ko‘rsatilgan bo‘lsada, ushbu mahsulot umuman sotuvga chiqarilmaganligi holatlari aniqlandi.

Zavod Raqobat qo‘mitasini manipulyatsiya qilganmi?

Ma’lumot o‘rnida shuni aytish lozimki, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 311-bandi 18-xatboshisida, “Yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha sotish” harakatlari manipulyatsiya deb hisoblanadi.

Mazkur holat yuzasidan hududiy boshqarma tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari bilan “YANGIYO‘L YOG‘-MOY” AJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda tegishli ta’sir chorasi qo‘llanildi.