Seshanba, 10-noyabr, 2026
Havo 70 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌧 +13° kechasi +8°

Ibrohim Raisiy: Mushakbozlik bilan qarshilangan “Tehron qassobi”ning vafoti

Raisiy 19-may kuni ertalab Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan birga ikki davlat tomonidan Araks daryosida qurilgan uchinchi toʻgʻonning ochilish marosimida qatnashgan.

4 daqiqa o‘qiladi

Ibrohim Raisiy: Mushakbozlik bilan qarshilangan “Tehron qassobi”ning vafoti

Raisiy 19-may kuni ertalab Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan birga ikki davlat tomonidan Araks daryosida qurilgan uchinchi toʻgʻonning ochilish marosimida qatnashgan.

Eron Qizil Yarim Oy Jamiyatining xabar berishicha, Prezident vertolyotining barcha yoʻlovchilari, jumladan, Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon, Sharqiy Ozarbayjon viloyati gubernatori Malek Rahmati va Tabriz imomi Muhammad Ali Ale Hoshem ham halok boʻlgani aytilmoqda.

Halokatga uchragan vertolyot

“Associated Press” Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy boʻlgan vertolyot “qiyin qoʻnishni” amalga oshirgani haqida xabar berdi.

Raisiy Sharqiy Ozarbayjon viloyatiga ketayotgan bilan. Davlat televideniyesining aniqlik kiritishicha, hodisa Eron poytaxti Tehrondan 600 kilometr shimoli-gʻarbda, Ozarbayjon bilan chegarada joylashgan Joʻlfa shahri yaqinida sodir boʻlgan.

Aviahalokat joyi

“Ushbu vertolyot Varzegan umumiy hududida halokatga uchradi va voqea joyiga Sharqiy Ozarbayjon, Ardabil va Zanjon viloyatlarining tezkor javob guruhlari yuborildi”, deb yozadi IRNA.

Biroq hududdagi yomon ob-havo sharoiti qutqaruvchilarga xalaqit bergani, kuchli yomgʻir yogʻib, biroz shamol boʻlayotgani aytilmoqda.

Qayd etilishicha, Raisiy 19-may kuni ertalab Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan birga ikki davlat tomonidan Araks daryosida qurilgan uchinchi toʻgʻonning ochilish marosimida qatnashgan.

Prezident vertolyotida Sharqiy Ozarbayjon viloyati gubernatori ham boʻlgan

Eronning Mehr axborot agentligi Eron prezidenti Ibrohim Raisiy va unga hamrohlik qilayotgan delegatsiya shahidlik maqomiga erishganini xabar qildi. Prezident vertolyotining yoʻlovchilari orasida Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon, Sharqiy Ozarbayjon viloyati gubernatori Malek Rahmatiy va Tabriz imomi Muhammad Ali Ale Hoshemlar boʻlgani aytilmoqda. Bu haqda Eron Qizil Yarim Oy Jamiyati maʼlum qildi.

Oʻzbekiston TIV rasmiy bayonot berdi

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy boʻlgan vertolyotning favqulodda qoʻndirilishi toʻgʻrisidagi xabarni chuqur tashvish bilan qabul qilganini bildirdi:

“Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vertolyot yoʻlovchilari, jumladan Eronning yuqori martabali vakillari taqdiri haqidagi maʼlumotlarni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Barcha yoʻlovchilar tez orada sogʻ-salomat topilishiga umid qilamiz. Oʻzbekiston tomoni zarurat boʻlishi bilan Eronlik doʻstlarimizga barcha yordam koʻrsatilishiga toʻliq tayyorligini bildiradi”, deyiladi TIV bayonotida.

Voqeaga oʻzbekistonliklarning munosabati

Eron Prezidenti vafot etganligi boʻyicha bloger Jahongir Ostonov oʻz fikrini bildirdi:       

“Lekin bu bilan Eronda katta oʻzgarishlar yuz bermaydi. 50 kundan keyin yangi saylovlar boʻladi. Saylovda kim gʻalaba qozonishiga qarabgina, keyingi voqealarga baho berish mumkin. Eronda kadrlar tiqilib yotibdi. Bittasi oʻlsa, oʻrniga boshqasi doim tayyor boʻlgan. Almashtirib boʻlmaydigan odam yoʻq u yerda”.

Prezidentning oʻlimi xalqning bayrami

Jurnalist Aziza Qurbonova Eron prezidenti Ibrohim Raisiy vertolyoti Eron-Ozarbayjon chegarasidagi Verzegan togʻli hududi atrofida halokatga uchragani xabarini berib, bu masalada shunday dedi:

“Bu brikingnyuslar orasida Prezidentning ehtimoliy oʻlimini nishonlab, eronliklarning mushakbozlik qilayotgan videolari tarqamoqda. Menimcha siyosatchilar uchun eng dahshatli yakun halokat emas, shu boʻlsa kerak.”

“Tehron qassobi”

Alimoff blogi xalqning bayrami qilishiga nima sabab boʻlganini aytib oʻtdi:

Bir paytlar Ibrohim Raisiy “Tehron qassobi” laqabi bilan nom chiqargan. 1985-yilda Raisiy Tehron shahar prokurorining oʻrinbosari lavozimiga tayinlanadi. 1988-yil boshida Ruhullo Xumayniyning shaxsiy qarori bilan u diniy-huquqiy masalalarni hal qilish uchun sud hokimiyatidan mustaqil boʻlgan maxsus vakolatlar bilan taʼminlanadi.
“1988-yilda Eron Respublikasida minglab siyosiy mahbuslar qatl etilgan. Bu qirgʻinning tashkilotchilaridan biri hozirgi Eron prezidenti Ibrohim Raisiy edi. Ushbu komissiya keyinchalik “oʻlim qoʻmitasi” deb nomlangan. Raisiy shaxsan oʻzi eronliklarning, jumladan, bolalarning qatl etilishidan mamnun boʻlib kuzatgan. 13 yoshli oʻsmirlarni ham kranlarga osib qoʻyishgan.
Oʻsha paytdan boshlab unga “Tehron qassobi” laqabi berilgan. Qatl etilgan dissidentlarning aniq soni nomaʼlum. The Telegraph gazetasining yozishicha, bu son 30 mingga yaqin boʻlishi mumkin. Mana nima uchun bayram qilishmoqda” — deyilgan.

Polsha prezidenti bilan bogʻliq voqea

Otabek Artikov Eron Prezidentining aynan Ozarbayjondagi safari chogʻida halokatga uchrashi Ozarbayjon uchun ham yaxshilik alomati emasligini taʼkidladi. U shuningdek, Polsha prezidenti bilan bogʻliq halokatga ham esladi:

“2010-yilda bortida Polsha prezidenti boʻlgan TU-154 samolyoti Rossiya hududida qulab tushishi oqibatida Polsha prezidenti bilan birga oilasi va yuqori martabali siyosiy harbiy rahbarlar ham halok boʻlgani ortidan Boltiqboʻyi davlatlari bilan Rossiya orasiga sovuqlik tushgandi.
Shu sabab hozirgacha bu sovuq kayfiyat davom etmoqda. Ammo Eron bu Polsha emas, ular bunday alamzadalikni ichiga yutib ketmasligi aniq. Xullas dunyo tobora notinchlashib bormoqda.
Tinchlikni qadrlash uchun ayni vaqti, arzimagan bir sabab bitmas-tuganmas kulfatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Unutmang dunyodagi eng qimmat resurs bu TINCHLIK” — deydi Artikov.