$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Quyosh paneli oʻrnatishga majburlash ommaviy tus oldimi?

Quyosh

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Energetika vaziri qabulxonasidagi +99871-231-14-41 raqamiga qoʻngʻiroq qilib, bogʻlana olmagan fuqaroning e'tirozi tarqaldi. Bu boʻyicha Energetika vazirligi Axborot xizmati munosabat bildirdi.

1 kunda 1 232 ta qoʻngʻiroq

Qayd etilishicha, 7-oktyabr kunning ikkinchi qismidan boshlab, 8-oktyabr soat 20:30 ga qadar vazirlik qabulxonasiga jami 1 232 ta qoʻngʻiroq boʻlgan.

Ularning 131 tasiga qabulxona xodimlari hamda vazirlik Axborot xizmati tomonidan qabul qilinib, javob berilgan. Bitta qoʻngʻiroqqa oʻrtacha 3 daqiqadan 6 daqiqagacha vaqt sarflangan. Mazkur vaqt oraligʻida qabulxonaga yana 4-8 ta atrofida qoʻngʻiroq boʻlib turgan. Qabulxonada bir kishi telefonga javob berganligi sababli ularni qabul qilishning imkoni boʻlmagan.

Fuqarolar asosan qaysi masalalarda qoʻngʻiroq qilishmoqda

Qabul qilingan qoʻngʻiroqlarning 54 tasi quyosh panellarining afzalliklari, uni oʻrnatishga davlat tomonidan qanday imtiyozlar berilishi, quyosh panelini qayerda arzon sotib olish mumkinligi toʻgʻrisidagi savollardan iborat boʻlgan. 28 ta qoʻngʻiroq egasi mahallasidagi elektr tayanch ustuni hamda elektr uzatish havo tarmogʻining eskiligini aytib, yangilashda yordam soʻragan. 31 ta qoʻngʻiroq quyosh paneli oʻrnatishga majburlanayotganini aytgan fuqarolardan tushgan boʻlib, ularning 14 tasi bu hodisa bir necha kun avval boʻlganini bildirgan. Ularning 6 nafari Energetika vazirligining “Quyosh paneliga majburlash yoʻq” nomli materialini asos qilib keltirgan holda, bugungi kunda elektr energiyasini yoqtirib olishganini ma'lum qilgan, 8 nafar murojaatchi esa quyosh paneli qoʻyganini, bugungi kunda elektr energiyasi mavjudligini, ammo bunga majburlanganidan norozi ekanini aytgan. Shu bilan birga, oʻrnatilgan quyosh paneli foydali ekanini his qilganliklarini ham bildirib oʻtishgan.

Qolgan 18 ta qoʻngʻiroqning 6 tasi vazirlik qabulxonasi raqami “Haqiqatan ham ishlayaptimi yoki yoʻqmi?” ekanini bilish uchun qilingan boʻlsa, 4 ta qoʻngʻiroq egasi vazirlikka ishga joylashish imkoniyati bilan qiziqqan. 8 ta qoʻngʻiroq egasi Energetika vaziriga rahmat aytish uchun telefon qilganliklarini bildirishgan.

Faqat 17 ta qoʻngʻiroq egasigina bugungi kunda bu borada real muammoga ega ekanligini ma'lum qilgan. Vazirlik xodimlari ularning murojaatlarini oʻrganib, quyosh paneli oʻrnatmagani uchun elektr energiyasidan uzib qoʻyilgan tadbirkorlarning elektr energiyasini ulatib berdi.

Elektr energiyasiga qayta ulangan tadbirkorlar

Ikki kun mobaynida Toshkent shahrining Sergeli, Yashnobod, Yunusobod hamda Bektemir tumanlari, Sirdaryo viloyatining Boyovut, Surxondaryo viloyatining Bandixon, Fargʻona viloyatining Buvayda, Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanlaridagi bir qator tadbirkorlar elektr energiyasiga qayta ulandi.

Suhbat davomida ularga huquqi tushuntirilib, kelgusida faoliyatlarida yana qandaydir toʻsqinlikka uchrashsa, Energetika vazirligining Axborot xizmati hamda Ijro nazorati va murojaatlar boʻlimiga murojaat qilishlari soʻraldi.

Javob berilmagan 173 ta qoʻngʻiroq

Aytish joizki, 7-oktyabr kuni kechasi soat 23:00 dan 8-oktyabr soat ertalabki 8:00 ga qadar aholidan qabulxonadagi telefon raqamiga 173 ta qoʻngʻiroq boʻlgan va ularning birontasiga javob berilmagan.

"Biz yurtdoshlarimizdan oʻtgan ikki kun mobaynida qabulxonaga juda koʻp telefon boʻlganini, bitta raqam buncha murojaatni qabul qilishda qiyinchilikka duch kelishi tabiiy ekanligini, bu vaqt mobaynida barcha qoʻngʻiroqni qabul qilishga imkoniyat yetmasligini toʻgʻri tushunishlarini soʻraymiz.

Mavjud vaziyatdan kelib chiqib, 9-oktyabrdan boshlab murojaatlar nafaqat bu raqam orqali, balki +99871-231-16-61 (ichki 7046, 7037 va 7057) raqamlari orqali ham qabul qilinishini bildiramiz. Barcha ma'lumotlarni maksimal darajada qabul qilib, ijobiy echimini ta'minlashga harakat qilamiz", - deyiladi Energetika vazirligi xabarida.

Panelga majburlash ommaviy tus oldi

Iqtisodchi Otabek Bakirov murojaatlar panelga majburlash ommaviy tus olganini koʻrsatishini aytdi.

"Energetika vazirligi panelga majburlashlar boʻyicha murojaatlarni +99871-231-14-41 raqamiga qoʻshimcha ravishda +99871-231-16-61 (ichki 7046, 7037 va 7057) raqamlari orqali ham qabul qilinishini bildirayotgani yaxshi.

Lekin telefon raqamlari faqat ahvol qanchalik ogʻirligini aniqlash uchun, favqulodda choralar koʻrish uchun xolos. Toshkent shahrining Sergeli, Yashnobod, Yunusobod hamda Bektemir tumanlari, Sirdaryo viloyatining Boyovut, Surxondaryo viloyatining Bandixon, Fargʻona viloyatining Buvayda, Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanlaridagi bir qator tadbirkorlar murojaatdan keyin elektr energiyasiga qayta ulangani aytilmoqda. Ularni svetdan oʻchirganlarga qarshi qanday chora koʻrildi? Kimdir ishdan olindimi? Energetiklar tadbirkorlarga etkazilgan zarar uchun jarima toʻlashdimi?

Xoʻp, hech qanday jazo boʻlmasa, majburlash davom etaveradi, ertaga yana oʻnlab tumanlardan shunday murojaatlar kelib tushadi. Ularga ham qoʻl rejimida yoki vaziyatbay reaksiya qilinadimi? Uchta telefon raqami kifoya qiladimi? Murojaat qilmaganlar-chi?", – deydi Bakiroo.

"Muammo boshi boshqa yoqda"

Siyosatchi va jurnalist Rasul Kusherbayev asl muammo boshqa yerda ekanligini taʼkidladi:

"Aslini olganda biz muammo atrofida aylanib yuribmiz. Muammo boshi esa boshqa yoqda.

Balki prokurorlar toʻxtab, oʻz ishlari bilan shugʻullanishni boshlashar. Tadbirkorlar yetarlicha sindi, missiya bajarildi. Medal va yulduzlar albatta beriladi", – deydi Kusherbayev oʻz telegram kanalida.

Теги :
Jamiyat