$
 12938.11
18.11
 14076.66
-25.52
 149.99
0.47
weather
+26
Кечаси   +14°

OpenAI ovoz yordamida boshqariluvchi yangi SI qurilmasini ishlab chiqaradi

qurilma

Android Authority xabar berishicha, OpenAI rahbari Sem Altman Apple kompaniyasining sobiq dizayneri Joni Ayv bilan hamkorlikda odatiy smartfonlar o‘rnini egallashi kutilayotgan sun’iy intellektli qurilma yaratishga kirishilganini ma’lum qildi.

Avval ham bu kabi qurilmalar ishlab chiqilgan

Sun’iy intellekt kompyuterlar bilan aloqaga yondashuvlarni tubdan o‘zgartirishni talab etmoqda va kelajakda ovoz foydalanuvchi interfeysining asosiy vositasiga aylanadi. Ishlab chiqilayotgan qurilma ovoz yordamida boshqariladi, dedi Altman.

Bunday qurilmalar oldin ham ishlab chiqarilgan, biroq ommalashmagan, sun’iy intellektga asoslangan Humane AI Pin va Rabbit R1 shular jumlasiga kiradi. Humane SI Pin ko‘krakka mahkamlab qo‘yiladigan gadjet, Rabbit R1 kichik ekranli cho‘ntak qurilmasi shaklida edi. Turli shakl va funksiyalarda taqdim etilgan sun’iy intellektli qurilmalar mavjud, ammo OpenAI mutlaqo o‘ziga xos qurilma taklif etishi kutilyapti.

Altmanning aytishicha, bu qurilmaning ish unumdorligini va quvvat tejamkorligini ta’minlash uchun kompaniya o‘z mikrochiplarini ishlab chiqaradi.

Yana urfga kirayotgan moslamalar

Shuningdek, aqlli ko‘zoynaklar ham yana urfga aylanmoqda. CES 2025 ko‘rgazmasida ChatGPT bilan ishlovchi ko‘plab yangi aqlli ko‘zoynaklar taqdim etildi. Ular ichida eng mashhurlaridan biri Ray-Ban Meta moslamasi allaqachon 1 milliondan ortiq dona sotilgan.

Bundan tashqari, SI asosida ishlovchi simsiz quloqchinlar, marjonlar, osma aksessuarlar kabi turli gadjetlar ham ishlab chiqilgan. Shu tufayli chiqarilishi kutilayotgan OpenAI qurilmasi tamomila yangi shaklda bo‘lishi mumkin.

Qachon chiqadi?

Yangi qurilma dizayni va qanday funksiyalarga egaligi hozircha sir tutilmoqda. Moslamaning qachon ommaga taqdim etilishi ham hozircha noma’lum.