$
 12736.48
-21.17
 14193.53
-74.63
 137.60
-0.45
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda 8 oy ichida 109,2 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi

positive

Bu haqida Statistika agentligi xabar qildi.

109,2 trln. so‘mlik qurilish

2024-yilning yanvar-avgust oylarida, O‘zbekiston Respublikasida jami 109,2 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,2 foizga oshgan.

2024-yilning yanvar-avgust oylarida hududlar kesimida xususan, Toshkent shahri (28 000,2 mlrd. so‘m), Toshkent viloyati (10 746,6 mlrd. so‘m) va Buxoro viloyatida (7 481,7 mlrd. so‘m) qurilish ishlarining yuqori hajmi qayd etilgan.

Yirik qurilish tashkilotlari

2024-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonda yirik korxona va tashkilotlar tomonidan 26 trln. so‘m qurilish ishlari bajarilgan.

Bu ko‘rsatkich 2023-yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 28,7 foizga o‘sgan.

Yirik korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining barcha turdagi korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 27,6 foizni tashkil etgan.

Теги :
Жамият