O‘zbekistonda qancha QQS to‘lovchilar mavjud?
Qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) toʻlovchilar soni bir yilda 6 foizga oʻsdi. Eng koʻp soliq — savdoda.
3 daqiqa o‘qiladi

Davlat soliq qo‘mitasi qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan soliq to‘lovchilar statistikasi e’lon qilindi.
O‘tgan yilgidan ko‘proq
Joriy yilning 1-may holatiga ko‘ra, QQS soliq to‘lovchilarning umumiy soni 191 738 nafarni tashkil etadi. Ushbu raqamlar o‘tgan yilning ayni shu davrida 180 476 ta bo‘lgan. Shu bir yil mobaynida raqamlar 6,2 foizga o‘sganini ko‘rish mumkin.
Eng ko‘p QQS savdoda
Eng ko‘p QQS solig‘i to‘lovchilar savdo sohasida bo‘lib, 63 250(o‘tgan yili 59 576) ta bilan butun soliq to‘lovchilarning 33 foizini tashkil etadi. Boshqa sohalardagi raqamlar:
- Qishloq xo‘jaligida – 46 771(o‘tgan yilda 45 714);
- Sanoat – 25 160(23 598);
- Qurilish – 22 894(21 490);
- Xizmat ko‘rsatish – 19 998(17 797);
- Transport – 7 218(6 026);
- Axborot va aloqa – 3 288(2 998);
- Boshqa sohalarda – 3 159(2 197).
Eng katta o‘sish transportda
O‘tgan bir yil mobaynida QQS to‘lovchilarning soni eng ko‘p o‘sgan soha transport bo‘lib, bir yil mobaynida sohada 19,8 foiz soliq to‘lovchilar ortib, hozirda umumiy QQSchilarning 3,8 foizini tashkil etadi. Sohalardagi foiz ko‘rsatkichlari quyidagicha:
- Savdo – 6,2 foiz o‘sish(sohaning 33 foizi);
- Qishloq xo‘jaligida –2,3 foiz o‘sish( sohaning 24,4 foizi);
- Sanoat –5 foiz o‘sish (sohaning 13,1 foizi);
- Qurilish –6,5 foiz o‘sish(sohaning 11,9 foizi);
- Xizmat ko‘rsatish –12,4 foiz o‘sish(sohaning 10,4 foizi);
- Axborot va aloqa –9,7 foiz o‘sish(sohaning 1,7 foizi);
- Boshqa sohalarda –8,3 foiz o‘sish(sohaning 1,7 foizi).
- Hududlar kesimida soliq to‘lovidagi o‘sishlar
- Qoraqalpog‘iston – 9 820 ta(o‘tgan yili 9 643;1,8 foiz o‘sish);
- Andijon – 12 405 ta(o‘tgan yili 12 098;2,5 foiz o‘sish);
- Buxoro – 13 065 ta(o‘tgan yili 12 557; 4 foiz o‘sish);
- Jizzax – 7 838 ta(o‘tgan yili 7 669; 2,2 foiz o‘sish);
- Qashqadaryo – 17 014 ta(o‘tgan yili 16 281; 4,5 foiz o‘sish);
- Navoiy – 6 424 ta(o‘tgan yili 6 009; 6,9 foiz o‘sish);
- Namangan – 10 361 ta(o‘tgan yili 9 960; 4 foiz o‘sish);
- Samarqand – 14 889 ta(o‘tgan yili 13 731; 8,4 foiz o‘sish);
- Surxondaryo – 9 671 ta(o‘tgan yili 9 559; 2,1 foiz o‘sish);
- Sirdaryo – 6 264 ta(o‘tgan yili 5 868; 6,7 foiz o‘sish);
- Toshkent viloyati – 17 118 ta(o‘tgan yili 15 305; 11,8 foiz o‘sish);
- Farg‘ona – 14 564 ta(o‘tgan yili 13 845; 5,8 foiz o‘sish);
- Xorazm – 8 664 ta(o‘tgan yili 8 332; 4,1 foiz o‘sish);
- Toshkent shahri – 43 461 ta(o‘tgan yili 39 629; 9.7 foiz o‘sish).



