$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Nafaqaxo‘r va ishchilarning milliardlab pullari o‘zlashtirib yuborilgan

positive

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov bosh prokurorning mamlakat aholisiga yo‘llagan murojaatida qayd etilgan masalalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi. 

Muhtojlarga ko‘rsatilgan yordamlar

Unga ko‘ra, prokurorlar sektorlaridagi “temir daftar”ga kiritilgan 5 mingdan ziyod oilalarga har tomonlama ko‘mak berilmoqda. Ularning 181 tasining uy-joyi ta’mirlanib, 57 tasiga yangi uy-joylar qurib berilishi ta’minlandi. Shuningdek, 2 ming nafardan ortiq ehtiyojmand oilaning ishsiz a’zolari bandligi ta’minlandi.

“Ayollar” va “yoshlar daftarlari”ga kiritilgan 246 673 nafar xotin-qizlar va 36 687 nafar yoshlarning huquqlarini himoya qilish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga doir ishlar davom ettirilmoqda. Prokurorlar tashabbusi bilan 582 marotaba mehnat yarmarkalari o‘tkazilib, ularda 8 ming 759 nafar ishsiz fuqarolar ishga joylashtirildi. 

Qonunbuzarliklar va talon-toroj qilinish holatlari

O‘rganishlarda 764 723 ta yangi ish o‘rni hisobotlarga qo‘shib yozilgani aniqlanib, aybdor shaxslar tegishli javobgarlikka tortildi. Ish haqi va nafaqa pullarining 4,2 mlrd. so‘mi talon-toroj qilingani aniqlanib, 52 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Shu bilan birga, 10 789 ta holatda tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuv va byurokratik to‘sqinliklar aniqlanib, bartaraf etildi hamda 8030 nafar tadbirkorlarning buzilgan huquqlari tiklandi. Xorijiy investorlar faoliyatida yuzaga kelgan 2 426 ta muammo ijobiy hal etildi.

Теги :
Jamiyat