$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

Moratoriy jarayonida bo‘lgan Chirchiq daryosi bo‘yidan qum-shag‘al qazib olindi

positive

Moratoriyga qaramasdan, Chirchiq daryosi bo‘yidan qum-shag’al qazib olinganligi ma’lum bo‘ldi. Buning oqibatida esa tabiatga 183 mlr. so‘mdan ortiq miqdorda zarar yetgan.

Texnika vositalari jarima maydonchasida

Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosi muhofaza mintaqasidan moratoriyga qaramay texnika vositalari yordamida qum-shag‘al qazib olinayotgani aniqlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.

Oqibatda tabiatga 183 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazildi. Maxsus texnika vositalari Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 291-moddasi tegishli bandiga asosan vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirildi.

Moratoriy bo‘yicha mayda prezident farmoni joriy qilingandi

Holatga huquqiy baho berish va tegishli chora ko‘rish uchun hujjatlar Toshkent tabiatni muhofaza qilish prokuraturasiga yuborildi.

Shuningdek, Prezident farmoni bilan Chirchiq, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo, Surxondaryo va Sirdaryo daryolari o‘zanlaridagi noruda materiallarni qazib olishga 2024-yil 1-maydan muddatsiz moratoriy joriy qilindi. Noqonuniy qazib olish ishlari natijasida tabiatga yetkazilgan zarar uchun javobgarlik ham kuchaytirildi.

Farmonga amal qilinmagan

Shunga qaramasdan, Chirchiq daryosi bo‘yida noqonuniy qum-shag‘al qazib olish davom etmoqda. Aprel oyida Chirchiq daryosida qum-shag‘al qazib olinishi natijasida tabiatga 80 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazilgandi.

May oyida Prezident administratsiyasi, Bosh prokuratura, Ekologiya vazirligi va “Xavfsiz daryo” DUK xodimlaridan iborat ishchi guruhi tomonidan monitoring chog‘ida Chirchiq daryosining sohilbo‘yi va suvni muhofaza qilish zonalarida 10 dan ortiq tadbirkorlar moratoriy talablarini buzgan holda, ilgari Geologiya vazirligi tomonidan berilgan litsenziyalar asosida qum-shag‘al materiallarini qazib olishni davom ettirayotgani aniqlangandi.

Теги :
Jamiyat