$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Istirohat bog‘larida qurilishlarni taqiqlovchi qonun loyihasi quyi palatada qabul qilindi

bog

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni muhofaza qilishni kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqildi.

Bog‘larning davlat mulki hisoblangan yerlarida binolar va inshootlarni qurish taqiqlanadi

Mazkur qonun loyihasida davlat mulki hisoblangan hamda aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni yoki ularning bir qismini xususiylashtirish yoxud boshqacha tarzda begonalashtirish, ushbu yerlarda binolar va inshootlarni qurish (bundan yengil turdagi obyektlar mustasno) yoki mavjud binolar va inshootlarning qurilish maydonlarini kengaytirish, shuningdek, bu yerlarning hududini qisqartirish taqiqlanmoqda. 

Ushbu qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash davomida mas’ul qo‘mita tomonidan bir qator yig‘ilishlar, seminarlar o‘tkazilgani, ularda deputatlar bergan barcha takliflar chuqur tahlil qilinib, asosli deb topilganlari loyiha matnida aks etgani va hujjat har tomonlama pishiq-puxta holatga keltirilganini qayd etdi. 

Shuning bilan birga, qonun loyihasining qabul qilishini “yashil”, ko‘kalamzor zonalarni muhofaza qilish, aholining madaniy hordiq chiqarish maskanlari muhofazasini kuchaytirish, ekologiya va atrof-muhitning yaxshilanishiga xizmat qiladi. 

Qonun loyihasi moddama-modda ko‘rib chiqilib, deputatlar tomonidan qabul qilindi.