$
 12831.81
-25.54
 14606.45
-66.36
 163.75
0.3
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

MIB Samarqandda banklar foydasiga qarzlarni undirib berdi

mib

Majburiy ijro byurosi Samarqanddagi bir necha banklar foydasiga qarzlarni undirib berdi. Ushbu jarayonda “Milliy bank”ning qarzdor mijozining ko‘chmas mulki musodara qilinib auksionga qo‘yilgan va sotuvdan tushgan mablag‘ qarzdorlikni qoplash uchun sarflangan.

Undiruvning 2/3 qismi tamomlangan

​​Ma’lum bo‘lishicha, Majburiy ijro byurosining Samarqand viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan banklar foydasiga undiruv bilan bog‘liq ijro hujjatlarining ijrosi yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning o‘tgan davrida ish yurituvga bank undiruvlari bo‘yicha jami 2,2 trln. so‘mlik 37 mingdan ortiq ijro ishlari bo‘yicha ijro harakatlari olib borilgan bo‘lib, shundan 22 mingga yaqin 1,4 trln. so‘mlik ijro hujjatlarining ijrosi tamomlangan.

Shu bilan birga, 455 mlrd. so‘mlik 611 ta garovdagi mulklar auksion savdosiga chiqarildi hamda banklar foydasiga undiruv amalga oshirildi.

“Milliy bank”ning qarzdor mijozi

Xususan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar iqtisodiy sudining hal qiluv qaroriga ko‘ra, qarzdor “G.S.S” korxonasidan “Milliy bank” Samarqand filiali foydasiga 180 776 AQSH dollari kredit qarzdorligini undirish belgilangan.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan ijro harakatlari mobaynida qarzdorga tegishli ko‘chmas mulk 2.526 006 000 so‘mga baholanib, auksion savdoga qo‘yildi. Sotuvdan tushgan mablag‘lar qarzdorlikni qoplashga yo‘naltirildi.

Теги :
Jamiyat