$
 12940.44
-22.54
 13336.42
-41.38
 126.85
3.17
weather
+26
Кечаси   +14°

Eng ko‘p yopiq qarorni qaysi hokim qabul qilgan?

Hokimlar Foto: Kun.uz

Adliya vazirligi mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining monitoringini e’lon qildi. Unga ko‘ra yil davomida hududlar rahbariyati tomonidan 170 ming 265 ta qaror chiqarilgan bo‘lsa, shundan 137 ming 342 tasi hokimlar qabul qilgan qarorlardir.

Eng ko‘p qaror Zoir Mirzayevga tegishli

Eng ko‘p qarorlar Toshkent viloyatiga tegishli. Bir yil davomida hokim Zoir Mirzayev rahbarligidagi hududda rahbariyat 9031 ta qaror qabul qilgan. Bundan tashqari ayni Mirzayev rahbarligidagi viloyat kengashlari ham hududlar orasida eng ko‘p qaror chiqargan yig‘inlardandir. Ularning hissasiga 2904 ta qaror to‘g‘ri keladi.

Eng ko‘qarori bekor bo‘lgan amaldorlar

Eng ko‘p qarori bekor bo‘lgan amaldorlar ham aynan Toshkent viloyatida faoliyat olib borishadi. Yil davomida Zoir Mirzayevning hududida hokimlarning 172 ta qarori bekor bo‘lgan.

Eng kam qaror Normat Tursunov rahbarligidagi Navoiyda qabul qilingan – 3312 ta.

Eng ko‘p yopiq qarorlar Samarqand viloyati amaldorlariga tegishli

Mahalliy boshqaruv rahbarlari 2024-yilda 61 ming 416 ta qarorini xalqdan berkitib qo‘ygan. Eng ko‘p yopiq qarorlar 2024-yilda Erkinjon Turdimov yetakchiligida faoliyat olib borgan Samarqand viloyati amaldorlari hissasiga to‘g‘ri kelgan - 7592 ta.

Shuningdek, Xorazm(7451), Qashqadaryo (4750), Buxoro (4586) va Farg‘ona (4409) amaldorlari o‘z qarorlarini maxfiy deb hisoblaydiganlarning kuchli beshligidan o‘rin olishgan.

Теги :
Jamiyat