$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda har 100 ming odamdan 68 nafari qamoqda

Qamoq

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori Akmal Saidov jazoni ijro etish muassasalari boshqaruviga bag‘ishlangan davra suhbatida mamlakatdagi jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar soni haqida ma’lumotni ochiqladi.

MDHda mahkumlar soni qancha? 

Ma’lumotga ko‘ra, Bugungi kunda mamlakatimizdagi jazoni ijro etish muassasalaridagi mahkumlar soni har 100 ming aholiga hisoblaganda 68 nafarni tashkil etadi. “Bu ko‘rsatkich Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar orasida eng past darajada”, — deydi Saidov. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlaridagi mahkumlar soni haqida mavjud ma’lumotlar quyidagicha ko‘rinishga kelmoqda:

  • Rossiya: 471 mingdan ortiq mahkum
  • Turkmaniston: 35 ming mahkum
  • Belarus: 32 mingdan ortiq mahkum
  • Qozog‘iston: 29 mingdan ortiq mahkum
  • Qirg‘iziston: 10 mingdan ortiq mahkum

Yopiqlik siyosati

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining ba’zi davlatlari ushbu mavzuda yopiqlik siyosatini ma’qul ko‘radi. MDHning boshqa davlatlari, jumladan, Armaniston, Ozarbayjon, Moldova va Tojikiston bo‘yicha aniq ma’lumotlar, afsuski, mavjud emas. Shuningdek, Turkmaniston va Qirg‘iziston bo‘yicha ma’lumotlar 2021-yilga tegishli. Yuqoridagi raqamlar turli yillarga tegishli bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan ular o‘zgarishi mumkin. Ta’kidlash joiz, ba’zi davlatlarda mahkumlar soni bo‘yicha rasmiy ma’lumotlarni ochiq e’lon qilinmaydi.

“Toshturma”

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori Akmal Saidov jazoni ijro etish muassasalari boshqaruviga bag‘ishlangan davra suhbatida aholi orasida salbiy nom topgan “Toshturma” va “Jasliq” koloniyalarining tugatilganini ham aytib o‘tdi. “Toshturma” nomi bilan mashhur bo‘lgan 1-sonli Toshkent tergov izolyatori 1891-yilda qurilgan. U Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan bo‘lib, uzoq yillar davomida tergov ostidagi shaxslar saqlangan. Biroq, binoning eskirganligi va xalqaro standartlarga javob bermasligi sababli, 2018-yil yanvar oyida mahkumlar Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi yangi, zamonaviy tergov hibsxonasiga ko‘chiriladi. Shundan so‘ng, “Toshturma” binosi buzilib, uning o‘rnida zamonaviy xiyobon barpo etilishi rejalashtiriladi.

“Jasliq” koloniyasi

“Jasliq” koloniyasi, rasmiy nomi bilan 19-son ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasi, 1999-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanidagi Jasliq qo‘rg‘onida tashkil etilgan. U uzoq yillar davomida inson huquqlari tashkilotlari tomonidan tanqid qilingan. 2019-yil 2-avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan ushbu koloniya tugatiladi. Bu qaror xalqaro hamjamiyat tomonidan ijobiy qabul qilinadi va O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish yo‘lida muhim qadam sifatida baholandi.

Теги :
Jamiyat