Chorshanba, 21-oktabr, 2026
Havo 84 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +11° kechasi +9°

Putin va Jo Bayden uchrashuvi nimalarni o‘zgartiradi?

Ular so‘ngi marta 2022-yilda fevral oyida uchrashishgan. Uchrashuvda Ukraina atrofidagi inqiroz va Rossiyaning harbiy harakatlari muhokama qilingan.

3 daqiqa o‘qiladi

Putin va Bayden

Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan so‘ng, AQSh Ukrainani qo‘llav-quvvatlashni boshladi. Buning natijasida AQSh hamda Rossiya o‘rtasida sovuqchilik yuzaga keldi. Ko‘plab siyosiy ekspertlarning fikricha, ikki davlat prezidentlari, Jo Bayden va Vladimir Putinning uchrashuvi ko‘plab siyosiy masalalarni hal qiladi. O‘zi, ikki davlat prezidentlari uchrashadimi? Putin va Bayden uchrashuvi nimalarni o‘zgartiradi?

G20 va ATES sammitlarida ushbu uchrashuv bo‘lishi mumkinmi?

Oldinda mamlakatlarini ikkita katta sammit G20 va ATES kutib turibdi. Ushu sammitlarda ikki davlat prezidenti uchrashuvi bo‘ladimi, degan savol ham ko‘pchilikni o‘ylantirmoqda. Avvalroq esa Jo Bayden Rossiya prezidentining bu tadbirlarda qatnashmasligini aytgan. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov sammitga Putinning borishi haqida hali qaror qabul qilinmaganligini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, ATES sammiti 15-16-noyabr kunlari Peru poytaxti Lima shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. G20 sammiti 18-19-noyabr kunlari Braziliyada, Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadi.

Ularning uchrashuviga hech qanday sharoit yo‘q

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ayni paytda Vladimir Putin va AQSh prezidenti Jo Baydenning uchrashuvi uchun hech qanday shart-sharoit yo‘qligini aytdi.

“Bu haqda hech qanday suhbat bo‘lmagan. Ayni paytda hech qanday shartlar yo‘q, garchi prezident muloqotga ochiq qolishini bir necha bor ta’kidlagan. Sammitga safarga kelsak, hali qaror qabul qilingani yo‘q”, — dedi janob Peskov.

2023-yilda AQSh rasmiylari ham Jo Bayden va Vladimir Putin o‘rtasida aloqalar uchun shart-sharoit yo‘qligi haqida gapirgandi.

Putin va Baydenning so‘ngi uchrashuvi

Ular 2022-yilning fevral oyidan beri muloqot qilishmagan. So‘nggi marta Vladimir Putin va Jo Baydenning uchrashuvi Ukraina atrofidagi inqiroz va Rossiyaning harbiy harakatlari haqida bo‘lgan. Bayden AQSh va Yevropa ittifoqi ittifoqchilarining chuqur xavotirlarini bildirdi va agar Rossiya harbiy bosqinchilikni oshirsa, keskin iqtisodiy choralarga duch kelishini aytgan edi. Ular, shuningdek, strategik barqarorlik, kiberxavfsizlik, hamda mintaqaviy masalalar, xususan, Eron mavzularini muhokama qilishgan.

Putin Taker Karlsonga bergan intervyusida aytganidek, ularning so‘nggi suhbati chog‘ida u Jo Baydenga Ukrainani qo‘llab-quvvatlash xato ekanligini aytgan.

Putin va Bayden uchrashuvida nimalar muhokama qilinadi?

Ekspertlarning fikricha, Putin va Bayden uchrashsa, bu uchrashuv global siyosat uchun katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Avvalo, ikki davlat o‘rtasidagi ziddiyatlar, xususan, Ukraina masalasi, yadroviy qurollar nazorati, energetika va kiberxavfsizlik kabi dolzarb mavzular muhokama qilinishi kutiladi. Bu uchrashuvda xalqaro xavfsizlik, Yevropa va Osiyodagi siyosiy vaziyatlar ham asosiy mavzulardan biri bo‘lishi mumkin.

Agar muzokaralar konstruktiv tarzda o‘tsa, bu dunyo miqyosidagi taranglikni kamaytirishi, iqtisodiy sanksiyalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi va mintaqaviy muammolarni hal qilishda yangi imkoniyatlar yaratishi mumkin. Lekin tomonlarning o‘zaro ishonchi past bo‘lgani uchun, natijalar qanchalik samarali bo‘lishi aniq emas. Bunday uchrashuv, shuningdek, jahon siyosiy manzarasida kuchlar balansini qayta ko‘rib chiqishga turtki berishi mumkin.