Putin O’zbekistonda talab, Rossiyada imkoniyat borligi to’g’risida nutq so’zladi
U aholi soni o’sayotganligini va bunga qarab talab ham o’sib borishini ta’kidlagan.
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya prezidenti nutq so’zlagan forumda 76 mamlakatdan 6000 nafardan ortiq kishi qatnashmoqda.
Putin nutqi
Rossiya rahbari Vladimir Putin Sharqiy iqtisodiy forumning yalpi majlisida O‘zbekistonda allaqachon 37 million aholi istiqomat qilayotgani, jumladan, mamlakat iqtisodiyoti o‘sib borayotganini ma’lum qildi.
Talab ham taklif ham bor
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda aholi soni har yili bir millionga o‘smoqda. “U yerda allaqachon 37 million aholi yashaydi. Yaqinda 40 million va undan ko‘p bo‘ladi. Shu bilan birga iqtisod ham o‘smoqda. Demak, aholining energiya resurslariga ehtiyoji ortib boradi”, - dedi Rossiya rahbari.
“Ularning tashqi bozorlarda ham majburiyatlari bor, albatta, respublika qo‘shimcha resurslarni talab qiladi. O‘tgan yili Toshkentda harorat -21° bo‘ldi. Bu, ehtimol, tarixda hech qachon sodir bo‘lmagan. Bizda esa shunday resurslar bor”, — dedi Putin.
Shuningdek, u Moskva Turkmaniston bilan harakatlarni muvofiqlashtirishini, Eron esa Rossiyadan "zangori yoqilg‘i" yetkazib berishni so‘raganini ham ta’kidladi.



