$
 12724.84
-15.11
 14223.83
32.8
 137.11
-2.03
weather
+26
Кечаси   +14°

Malaka sertifikatisiz psixologlar xususiy tartibda faoliyat yuritishi ta‘qiqlanmoqda

positive

O‘zbekistonda hozirgi kunda psixologiya yo‘nalishida maslahat berish, onlayn va oflayn formatda o‘quv, trening, seminarlar o‘tkazish orqali xususiy tartibda psixologik yordam ko‘rsatish faoliyati keng tarqalgan. Qonun bilan aholiga psixologik yordam ko‘rsatishning asosiy prinsiplari, vazifalari, turlari, shakllari hamda standartlari belgilanmoqda.

Psixologik yordam ko‘rsatish standartlari

Qonunda psixologik yordam ko‘rsatish standartlari Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi hamda psixologik yordam ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs rahbari psixologiya sohasida oliy maʼlumotga ega bo‘lishi kerakligi nazarda tutilmoqda.

Psixologik yordam ko‘rsatish sohasi ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini belgilash, bepul psixologik yordam ko‘rsatiladigan shaxslar toifalarini aniqlashtirish, aholiga psixologik yordam ko‘rsatish sohasidagi professional uyushmalari faoliyatining huquqiy asoslarini yaratish ko‘zda tutilyapti.

Psixologik mutaxassislikka ega bo‘lish shart

Psixologiya yo‘nalishidan boshqa oliy maʼlumotga ega bo‘lgan shaxslar xususiy tartibda psixologik yordam ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanishdan avval psixologiya mutaxassisligi uchun qayta tayyorlovdan o‘tishi kerakligi belgilanmoqda.

Xususiy tartibda psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat bilan shug‘ullanishga psixologik yordam ko‘rsatish sohasidagi professional uyushma tomonidan belgilangan tartibda malaka sertifikati berilgan psixologlarga ruxsat etiladi.

Javobgarlik

Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks psixologik yordamni bunday huquqqa ega bo‘lmagan shaxs tomonidan ko‘rsatish yoxud aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan cheklovlarga rioya etmaslik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi qo‘shimcha normalar bilan to‘ldirilmoqda.

Yalpi majlisda qayd etilishicha, mazkur qonunning qabul qilinishi aholiga psixologik yordam ko‘rsatish sohasining huquqiy asoslarini yaratilishi, fuqarolarning psixologik yordam olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, xususiy tarzda amaliyot olib borayotgan psixologlar faoliyatini qonuniy amalga oshirilishini taʼminlashga xizmat qiladi.

Теги :
Жамият