Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +16° kechasi +9°

Prezidentga Mustaqillik kuni munosabati bilan kimlar tabrik yoʻlladi?

Prezident matbuot xizmati mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar, parlamentlar va hukumatlar, taniqli siyosat, jamoat va din arboblaridan tabriklar kelayotganini ma’lum qildi. Ro‘yxatda kimlar bor?

2 daqiqa o‘qiladi

Prezidentga Mustaqillik kuni munosabati bilan kimlar tabrik yoʻlladi?

Prezident matbuot xizmati mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar, parlamentlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro institutlar va mintaqaviy tashkilotlar, yetakchi korporatsiya va kompaniyalar rahbarlaridan, taniqli siyosat, jamoat va din arboblaridan samimiy tabriklar kelayotganini ma’lum qildi. 

Prezident matbuot xizmatining ma’lumoti

Prezident matbuot xizmatining xabarida qayd etilishicha, xorijiy hamkorlar o‘z maktublarida Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy o‘zgarishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yuqori baholab, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va davlatimizning xalqaro obro‘sini mustahkamlashga qaratilgan pragmatik va faol tashqi siyosatni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashlarini ta’kidlamoqdalar. Iqtisodiyot, ijtimoiy soha, ta’lim, madaniyat, sport va boshqa ko‘plab yo‘nalishlardagi yutuqlar alohida e’tirof etilmoqda. Ko‘p millatli O‘zbekiston xalqiga tinchlik, farovonlik va baxt-saodat, yanada gullab-yashnash va taraqqiyot tilaklari bildirilmoqda.

Kimlar tabrikladi?

Tabrik yo‘llaganlar orasida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, AQSH Prezidenti Jo Bayden, Turkman xalqining milliy yetakchisi hamda Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhammedov, Qozog‘iston Prezidenti Qosim Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Sardor Berdimuhammedov, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko, Turkiya Prezidenti Rajab Toib Erdo‘g‘an, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer, Italiya Prezidenti Serjo Mattarella, Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud va valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud, BAA Prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon, Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy, Hindiston Prezidenti Draupadi Murmu va Bosh vazir Narendra Modi, Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon, Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban, Buyuk Britaniya Qiroli Charlz III va boshqa davlat rahbarlari bor.

“Qutlovlar kelishda davom etmoqda”, - deb yoziladi Prezident matbuot xizmati xabarida.