$
 12729.48
-20.27
 14156.45
14.43
 139.72
-0.53
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 9-sentabrning eng muhim voqealari dayjesti

positive

Bojxona brokeri faoliyati hamda xalqaro kurerlik jo‘natmalarini yetkazib berish bo‘yicha faoliyat takomillashtiriladi

5 sentyabr kuni Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunga qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, vakolatli davlat organini bojxona brokeri sifatida faoliyatni hamda xalqaro kurerlik jo‘natmalarini yetkazib berish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish to‘g‘risida xabardor qilish tartibini belgilovchi qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Shuningdek, mazkur faoliyat turlarini boshlash yoki tugatish to‘g‘risida vakolatli davlat organini xabardor qilmaganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.

Qozog‘istonda Jahon ko‘chmanchilar o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda

Kecha Ostona shahrida V Jahon ko‘chmanchilar o‘yinlari tantanali ravishda ochildi.“Astana Arena” stadionida bo‘lib o‘tgan marosimga 3 ming nafar san’atkor jalb etilgan.

Dasturga ko‘ra, dastlab tomoshabinlar yirik sport anjumanlari uchun an’anaviy hisoblangan tadbir – ishtirokchi davlatlar vakillarining maydon uzra yurishini kuzatishdi. Tribunalar bo‘ylab qadam tashlagan o‘zbekistonlik sportchilarni ham qardosh yurtda to‘plangan muxlislar alohida olqishlab turdi.

Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uyning qiymati hamda ko‘rgan zararlari qoplab beriladi

Konstitutsiyaga ko‘ra, hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas.

Shuningdek, mamlakat hududida iqtisodiy makon birligining, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘lar erkin harakatlanishining kafolati Bosh qomusimizda mustahkamlandi.  

2024 yil 29 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun Konstitutsiyadan kelib chiqadigan vazifalar ijrosi doirasida ishlab chiqilgan.  

Osiyo Olimpiya kengashining 44-Bosh Assambleyasi o‘z yakuniga yetdi

Hindistonning Nyu-Dehli shahrida Osiyo Olimpiya kengashining (OOK) 44-Bosh Assambleyasi yakunlandi.

Assambleyada tashkilotning rahbarlik lavozimlariga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, Raja Randxir Singx OOK Prezidenti etib saylandi. Shuningdek, 5 ta mintaqaga vitse-prezidentlar ovoz berish yo‘li bilan aniqlab olindi.  

Otabek Umarov O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Eron va Afg‘onistondan iborat Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha tashkilot vitse-prezidenti etib saylandi. Qayd etish joizki, Otabek Umarovning so‘nggi yillarda sport boshqaruvida erishgan muvaffaqiyatlari alohida e’tirof etilib, yanada mas’uliyatli lavozimga saylandi va endi u butun Markaziy Osiyo mintaqasidagi Olimpizm harakatining rivojiga mas’ul bo‘ladi, deya xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati. 

Теги :
Жамият