$
 12140.91
17.53
 14053.10
-41.54
 149.41
0.22
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 8-sentabrning eng muhim voqealari dayjesti

positive

Minsk markazida O‘zbekistonning turizm salohiyati keng targ‘ib qilinmoqda

Yurtimizning turizm salohiyatini Belarus davlatida keng targ‘ib qilish va mamlakatimizga sayyohlar oqimini oshirish maqsadida Minsk shahrining markazida joylashgan “Galleria Minsk” savdo va ko‘ngilochar markazining LED-ekranlarida O‘zbekistonga bag‘ishlangan videoroliklar namoyish etilmoqda.

Savdo markaziga tashrif buyuruvchilar 31 avgustdan 22 sentyabrgacha yurtimizning ko‘rkam shaharlari, o‘ziga xos tabiati, boy madaniyati va o‘zbek milliy an’analarini ifodaluvchi videolavxalar bilan tanishishlariga imkon yaratildi.

“Galleria Minsk” savdo markazining yaqin atrofida ko‘plab yirik ofis va ma’muriy binolar, do‘konlar, mehmonxonalar, kafelar, sport saroyi, turli ommaviy yarmarkalar va konsertlar o‘tkaziladigan maydon mavjud. Savdo markazi 6 qavatli binoda joylashgan bo‘lib, har bir qavatning ichkarisida 2 tadan ekran o‘rnatilgan.

O‘zbekiston Prezidenti Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilishida ishtirok etadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 8 sentyabr kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahriga jo‘nab ketdi.

Qozog‘iston poytaxtida davlatimiz rahbari beshinchi Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari – YUNESKOning Nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan etnik sport turlari bo‘yicha xalqaro sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.

Ta’kidlash joizki, ushbu sport tadbirida dunyoning 90 ga yaqin davlatidan 2 mingdan ziyod sportchi, jumladan, O‘zbekiston terma jamoasi ishtirok etishi kutilmoqda.

Paralimpiya sport turlarini rivojlantirish masalasi muhokama qilindi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva tashabbusi bilan Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Endryu Parsons, Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Majid Rashed va Ko‘zi ojizlar sporti federatsiyasi raisi Ilgar Raximov ishtirokida mamlakatimizda paralimpiya harakatini rivojlantirish borasidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida sportchilarimizning erishayotgan natijalari ham alohida qayd etildi. Shuningdek, 2025 yilda mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahrida o‘smirlar o‘rtasidagi V yozgi Paraosiyo o‘yinlarini tashkil etish yuzasidan barcha tashkiliy masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Erkin kurash: Ulug‘bek Rashidov Krasnoyarskda g‘olib bo‘ldi

Rossiya Federatsiyasining Krasnoyarsk shahrida erkin kurash bo‘yicha "Buvaysar Saytiyev sovrini uchun" o‘tkazilgan 19-xalqaro turnirda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zosi Ulug‘bek Rashidov 48 kilogramm vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

12 ta mamlakatning 300 dan ziyod kurashchilari ishtirok etgan xalqaro turnirning saralash musobaqalarini muvaffaqiyatli o‘tkazgan Ulug‘bek Rashidov final bellashuvida Qirg‘iz Respublikasi vakili Sadur Kayipbekovni mag‘lub etdi.

Теги :
Jamiyat