$
 12749.75
7.99
 14142.02
106.97
 140.25
0.4
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 7-sentabrning eng muhim voqealari dayjesti

positive

“E-ekspertiza” tizimi yaratilib, sud-tergov organlarining axborot tizimlariga integratsiya qilinadi

Sud ekspertizalarini o‘tkazishga sarflanadigan vaqtni qisqartirish, xulosalarni rasmiylashtirishda ortiqcha qog‘ozbozlik, pochta xarajatlari va byurokratik holatlarga barham berishga harakat qilinmoqda.

Davlat sud-ekspertiza muassasalari va sud-tergov organlari o‘rtasida elektron hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi bunga yo‘l ochadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini boshqarish kengashining navbatdagi yig‘ilishida shu haqda gap bordi.  

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ipoteka to‘lovlari 16 foizga oshdi

O‘zbekistonda 2024 yilning birinchi yarmi yakuniga ko‘ra, ipoteka kreditlari bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlar oshdi.

Bu haqda Markaziy bank sharhida ma’lum qilindi.

Oylik to‘lovlarning o‘rtacha hajmi 2,99 million so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 415 ming so‘m yoki 16 foizga ko‘paygan. Ipoteka to‘lovlari Toshkent (26 foiz), Namangan va Farg‘onada (har biri 16 foiz) sezilarli darajada oshgan. Bu shaharlarda uy-joyga bo‘lgan umumiy talab potensial taklifdan yuqori bo‘lib, narxlar fuqarolarning daromadlariga nomutanosib ravishda shakllanadi. 

Markaziy bank sharhida qayd etilishicha, mamlakatning deyarli barcha hududlarida xarid qobiliyati yomonlashgan.

Shuningdek, 50 kvadrat metrlik kvartira sotib olish uchun qancha yillik maosh talab qilinishini hisoblab chiqqandi.

FIFA klublar o‘rtasidagi jahon chempionati ramzini e’lon qildi

Xalqaro futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi(FIFA) 2025 yilning 15 iyun - 13 iyul kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlarida klublar o‘rtasida o‘tadigan jahon chempionatining ramzini e’lon qildi.

Shuningdek, “Gala” guruhi tomonidan ijro qilinib, futbol madhiyasiga aylanib ketgan “Freed from Desire”(Istakdan ozod bo‘lgan) qo‘shig‘i audiovizual ramz sifatida taqdim etildi.

FIFA prezidenti Janni Infantino “Biz yangi FIFA klublar o‘rtasidagi jahon chempionati brendini ishga tushirdik. Bu klub futbolida yangi davrning boshlanishi”, deya ta’kidladi.

“Tashabbusli byudjet”: mahallaning ichki ko‘chalari obod bo‘lmoqda

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Tashabbusli byudjet” loyihasi mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarini isloh qilish, mavjud moliyaviy imkoniyatlarni eng muhim masalalarga jalb etish, byudjet sarfi jarayonining shaffof va ochiqligini ta’minlash, qolaversa, mavjud ijtimoiy muammolarni hal etish, aholi turmush farovonligini yuksaltirish, fuqarolarning jamiyat hayotida faol ishtiroki va daxldorlik hissini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

“Tashabbusli byudjet” jarayonining 2024 yil mavsumida Oltinko‘l tumanidagi ichki yo‘llarni asfaltlash bo‘yicha umumiy qiymati 12 milliard 180 million so‘m bo‘lgan 8 ta loyiha g‘olib deb topilgan edi. Ayni kunda ana shu loyihalar doirasida buyurtmachi tashkilot “Andijon mintaqaviy yo‘llar” davlat unitar korxonasi tomonidan tumandagi Katta Oqtepa, Uzunko‘cha, Ittifoq, Maslahat mahallalarining ichki ko‘chalarini asfaltlash ishlari qizg‘in olib borilmoqda.

Теги :
Жамият