2024-yil 6-sentabrning eng muhim voqealari dayjesti
Janubiy Koreya ijodiy guruhi Qoraqalpog’istonda, Toshkentda xalqaro kinofestivalga tayyorgarlik ko’rilmoqda, O’zbekiston turizmi xalqaro reyslarda namoyish etilmoqda, Xitoy Kommunistik partiyasi bilan hamkorlik mustahkamlandi — kunning eng muhim xabarlari.
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyaning “Roundabout” nashriyoti ijodiy guruhi Qoraqalpog‘istonda
Turizm qo‘mitasi tomonidan O‘zbekistonning turizm salohiyatini Koreya Respublikasida keng targ‘ib qilish maqsadida “Roundabout” nashriyoti ijodiy guruhining Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi tashkil etildi.
Ijodiy guruh Orolbo‘yida sayyohlarni jalb etish va hayotni jonlantirish maqsadida Orol dengizining qurib qolgan qismida joylashgan “Kemalar qabristoni” sayyohlik obekti bilan tanishdi. Moʻynoqning eng baland choʻqqisida ramziy maʼnoda Orol dengiziga bagʻishlangan memorial stella oʻrnatilgan boʻlib, aynan shu yerda Orol fojiasining asl koʻlamini baholash mumkin boʻlgan kuzatuv maydonchasi tashkil etilgan.
“Ipak yo'li durdonasi” XVI Toshkent xalqaro kinofestivaliga tayyorgarlik yuzasidan yig’ilish bo’lib o‘tdi
Yig’ilishda festival shtabining madaniy, ijodiy, rasmiy tadbirlar, tashrif buyurishi kutilyotgan yulduzlar, kinoijodkorlar haqidagi hisobotlari, festivalning matbuot va ommaviy axbarot vositalari bilan ishlash bo’limining PR strategiyasi rejasi va xisoboti tinglandi. Xususan, Xitoy, Rossiya, Turkiya Respublikasi, Ozarbayjon kabi qator davlardagi OAV lar bilan hamkorlikda ish olib borish ko’zda tutilgan.
Xitoy Kommunistik partiyasi bilan hamkorlik mustahkamlanadi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilovning Xitoy Kommunistik partiyasining Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Tyanzin shahar Xitoy Kommunistik partiyasi qo‘mitasi kotibi Chen Miner boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda delegatsiya a’zolariga yangi tahrirdagi Konstitutsiya normalarini ro‘yobga chiqarish borasidagi sa’y-harakatlar hamda Qonunchilik palatasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
“Air Europa” xalqaro reyslarida O‘zbekistonning turizm salohiyati namoyish etilmoqda
Yevropaning “Air Europa” aviakompaniyasiga tegishli 24 ta "Boeing" samolyotida O‘zbekistonga bag‘ishlangan 15 soniyalik audioli reklama roliklari namoyish etiladi.
Aksiya Turizm qo‘mitasi tomonidan “Digital IFE Services” xalqaro kompaniyasi bilan hamkorlikda “Air Europa” xalqaro reyslarida videorolik namoyish etish orqali mamlakatimizning sayyohlik imkoniyatini ommalashtirish maqsadida tashkil etildi.



