$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 5-sentabrning eng muhim voqealari dayjesti

positive

“Bunyodkor” stadioni atrofidagi ayrim ko‘chalar yopiladi

Bugun, 5 sentyabr kuni O‘zbekiston va KXDR o‘rtasida futbol bo‘yicha JCh-2026 saralashi 3-bosqichi doirasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Shu munosabat bilan Chilonzor tumanining quyida keltirilgan ko‘chalarda soat 17.00 dan soat 23.00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanishi e’lon qilindi:

— Muqimiy va Chilonzor ko‘chalari chorrahasidan, Chilonzor va KXAY ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi;

— Muqimiy va Arnasoy ko‘chalari chorrahasidan, Cho‘ponota va Arnasoy ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi; 

— Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasidan-Cho‘ponota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

Osiyo chempionati: 33 nafar bokschimiz yarim finalda

Birlashgan Arab Amirliklarining Al’-Ayn shahrida boks bo‘yicha o‘smirlar, o‘smir qizlar, kichik o‘smirlar va kichik o‘smir qizlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Kuni kecha mazkur musobaqaning chorak final bahslari o‘z yakuniga yetdi. 1/4 final bosqichining so‘nggi kunida o‘smirlar toifasida Muhammad Rizo Ukimov, Behruz Qurbonov, Ibrohim Shokirjonov, Jahongir Zayniddinov, Saidxo‘ja Sa’dillaxo‘jayev, Suhrob Rahmatullayev, Jasurbek Usmonjonov, Diyorbek Murodilloyev, Asilbek Abdusamadov, Jahongir Ergashev va Islam Salihov kabi bokschilarimiz o‘z vazn toifalarida yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 

Shu tariqa, qit’a birinchiligining yarim finaliga terma jamoamizning 33 nafari yetib keldi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, o‘smirlar 13 ta, o‘smir qizlar va kichik o‘smirlarimiz 10 tadan yo‘llanmaga ega bo‘ldi.  

YUNESKO O‘zbekiston bilan raqamli ta’lim muhitini yaratishda hamkorlik qilishga tayyor

Raqamli texnologiyalarni O‘zbekiston ta’lim tizimiga integratsiya qilish zamon talabidir va bu borada olib borilayotgan ishlar ko‘lami kengaymoqda.

Parijda bo‘lib o‘tayotgan Raqamli ta’lim haftaligi doirasida Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi YUNESKO Bosh direktorining ta’lim bo‘yicha yordamchisi Stefaniya Jannini bilan uchrashdi.

Unda O‘zbekiston va YUNESKO o‘rtasidagi raqamli ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi ma’lumotida.

Stefaniya Jannini O‘zbekistondagi raqamli o‘zgarishlar, xususan, onlayn ta’lim, raqamli savodxonlik va pedagoglar malakasini oshirish sohalariga oid keng ko‘lamli islohotlarni e’tirof etdi.

Bu yilgi saylov byulletenlari mutlaqo yangi shaklda tasdiqlandi

Bugun Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis kun tartibiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari sayloviga doir saylov byulletenlarining shakli, matni va tavsifini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, bu yilgi saylovlardagi byulletenlar mutlaqo yangi shaklda tasdiqlandi. Ushbu saylov byulletenlarining ixchamligi byulletenni chop etish xarajatlarini kamida 3 milliard so‘mgacha iqtisod qilish imkonini bermoqda.  

Теги :
Jamiyat