$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 4-sentabrning eng muhim voqealari dayjesti

pos

Janubiy Koreya bilan hamkorlikda “aqlli issiqxonalar” quriladi

Samarqand davlat universitetining Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti Janubiy Koreyaning Hankyong milliy universiteti bilan uzoq muddatli loyihani boshladi.

Loyihaning birinchi yilida bajariladigan ishlarni muhokama qilish maqsadida institut direktori Toshpo‘lot Rajabov va meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasi dotsenti Rustam Raximovlar Janubiy Koreyaga amaliy tashrif uyushtirdi.

Hankyong milliy universitetidagi “aqlli issiqxonalar”, dala tajriba maydonlari va ilmiy laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Loyiha davomida Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi institutida zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan 2 ta “aqlli issiqxona” qurish va ularni jihozlash masalalari batafsil muhokama qilindi. Ushbu issiqxonalarni qurish ishlari 2025 yilning birinchi yarmida boshlanadi.

Server Ibragimov finalda 

Fransiyada o‘tayotgan “Parij-2024” Paralimpiya o‘yinlarining para o‘q otish dasturida (P4) 50 metr masofada to‘pponchadan o‘q otish bo‘yicha saralash bosqichi yakunlandi.

Mazkur musobaqada Server Ibragimova va Shahnoza Mamajonova mamlakatimiz sharafini himoya qildi. Unda Server 548 ochko to‘plagan holda uchinchi o‘rinni egalladi va final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Afsuski, Feruza 517 ochko bilan 21-o‘rindan joy oldi hamda final bosqichiga chiqa olmadi. 

Endi S.Ibragimov mamlakatimiz vaqti bilan soat 15:15 da so‘nggi hal qiluvchi final bosqichida ishtirok etadi. 

O‘zbekiston 13 million AQSH dollariga teng gilam eksport qilgan

O‘zbekistonda 1978 yilda Xiva gilam to‘qish kombinati tashkil etilishi bilan gilamchilik mahalliy sanoatning muhim tarmog‘iga aylandi. 

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024 yilning yanvar-iyul oylarida xorijga qiymati 13 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 4,3 million kvadrat metr gilam eksport qilgan.

Yangi o‘quv yilining boshlanishi – barcha uchun bayram 

4 sentyabr kuni mamlakatimizdagi barcha maktablarda yangi 2024/2025 o‘quv yili boshlandi. Shu kuni erta tongdanoq maktab ostonasiga ilk qadam qo‘yayotgan bolalar o‘quv maskani sari oshiqdilar.

Maktabga borish har bir jajji o‘g‘il-qizning orzusi. Bilim olishga bo‘lgan chanqoqlik, o‘qishga bo‘lgan ishtiyoq sabab bolajonlarimizning aksariyati hozirgi kunda harf tanib, jajji barmoqlarini sanoqqa bukib, o‘qish, yozish va sanashni bilib, maktab ostonasiga qadam qo‘ymoqdalar. Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi keng nishonlanayotgan shu kunlarda bolalarni hayajon bilan ta’lim sari chorlagan tantanali tadbir – "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbiri barcha joylarda bo‘lgani kabi Toshkent shahridagi 20-umumta’lim maktabida ham baland ruhda tashkil etildi. 

Теги :
Jamiyat