$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 3-sentabrning eng muhim voqealari dayjesti

positive

Shohsanam Toshpo‘latova finalga yo‘l oldi

Fransiya mamlakati mezbonlik qilayotgan Paralimpiya o‘yinlarining bugungi kunida para yengil atletika va para suzish bahslarida vakillarimiz ishtirok etmoqda.

“Parij-2024” musobaqalarining S13 klassida 200 metr masofaga kompleks usulda suzish bahslarida Shohsanam Toshpo‘latova final bosqichiga yo‘l oldi.

Para suzuvchimiz mazkur musobaqaning saralash bosqichida marraga 2 daqiqa 31 soniyada yetib keldi.

Endi Shohsanam suzish bellashuvlarining kechki dasturida mamlakatimiz vaqti bilan soat 23:04da Paralimpiya medallari uchun kurash olib boradi.  

Bayram arafasida 9 ta ta’lim muassasasi foydalanishga topshirildi

Joriy yilgi Investisiya dasturi asosida Buxoro viloyatdagi 38 ta umumta’lim maktabi, 1 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internat va 10 ta maktabgacha ta’lim tashkilotida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Bu jarayonda 2 ta yangi ta’lim muassasasi qurilib, 42 tasida rekonstruksiya, 5 tasida mukammal ta’mirlash ishlari olib borildi.

Mustaqilligimizning 33 yillik bayrami arafasida viloyatda 9 ta ta’lim muassasasi, jumladan, Vobkent tumanida 16-maktabning 180-o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi, Shofirkonda 35- hamda 50-umumta’lim maktablarining har birida 180-o‘rinli yangi o‘quv binosi va 46-maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi, G‘ijduvonda 120 o‘rinli 59-MTT, Romitan tumanida 120 o‘rinli 34-MTT, Qorovulbozor tumanidagi 8-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 240 o‘rinli yangi binosi, Kogon shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi va 4-umumta’lim maktabi filiali foydalanishga topshirildi.

105 ta xonadonda yashovchi aholi ilk marta toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi

Mamlakatimizning yangi rivojlanish bosqichida barcha sohalar qatori aholi foydalanadigan ichimlik suvi sifatini yaxshilash va u bilan ta’minlanganlik darajasini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda.

--Ayni paytda aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 94 foizni tashkil etmoqda,--deydi “Buxoro suv ta’minoti” AJ Qorako‘l tumani filiali rahbari Zufar Aminov.--Joriy yil tumanda loyihalashtirilgan va qiymati 81 milliard so‘m bo‘lgan 81 kilometr ichimlik suvi tarmoqlarini tortish, shuningdek, 2 ta suv inshootini rekonstruksiya qilish hamda yangidan 4 ta suv minorasini qurish ishlari rejalashtirilgan va bu yumushlar jadal davom etmoqda.

Tumanning Qorako‘l mahallasiga qarashli “Quyoshli Yurt”, “Daryobo‘yi” hamda “O‘tiq Do‘rman” aholi punktlari ham hozirgacha toza ichimlik suvi yetib bormagan hududlardan sanalib, bu yerda yashovchilarning asosiy ehtiyoji toza ichimlik suvi edi.

Bokschilarimiz Grozniydagi turnirda qatnashadi

Bugun, 3 sentyabr kuni Rossiyaning Grozniy shahrida Ahmad Qodirov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir boshlanadi.

8 sentyabrga qadar davom etadigan nufuzli musobaqada Ruslan Telimboyev, Ozod Hasanov, Nodir Irgashev murabbiyligidagi 15 nafar charm qo‘lqop ustalari o‘z vaznlarida g‘oliblik uchun kurash olib boradi.

Теги :
Jamiyat