$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 29-sentyabrning eng muhim voqealari

Positive

Faol pedagoglar taqdirlandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi markaziy apparati va tizim tashkilotlari xodimlari, fidoyi pedagoglarni “Xalq ta’limi fidoyisi” hamda “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ishtirok etgan maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ustoz pedagoglarni 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabrikladi  hamda mukofotlarni o‘z egalariga topshirdi.

Bu esa o‘qituvchilarni o‘z kasbiga sidqidildan, katta mas’uliyat bilan yondashishga da’vat etmoqda.

Surxondaryo turizmi Tokioda

Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tayotgan “JATA Tourism Expo Japan” xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida mamlakatimiz delegatsiyasi safida Surxondaryo viloyatining turizm sohasi vakillari ham faol ishtirok etmoqda.

Viloyat hokimi o‘rinbosari Jo‘rabek To‘rayev boshchiligidagi delegatsiya qadimiy va hamisha navqiron Surxon vohasining o‘tmishdan saqlanib qolgan noyob tarixiy obidalari, arxeologik yodgorliklari, maftunkor tabiat manzaralari, milliy hunarmandligi hamda gastronomik turistik salohiyatini keng namoyish etmoqda.  

Sayyoramizning 97 mamlakatidan 2 mingdan ortiq turoperator va mehmonxona biznesi ishbilarmonlari ishtirok etayotgan ko‘rgazma doirasidagi uchrashuvlarda janubdagi voha vakillari xalqaro turistik kompaniyalar bilan o‘zaro sayyohlarni jalb qilish, turpaketlar, turistik yo‘nalishlar ishlab chiqish, jahonning ilg‘or turizm tajribalarini viloyatda ommalashtirish yuzasidan kelishuv tuzdi.  

Shusha turnirida Nodirbek Abdusattorov 2-o’rinni egalladi

Ozarbayjonning Shusha shahrida shaxmat bo‘yicha Vugar Gashimov xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy xalqaro turnir yakunlandi.

O‘ninchi marta tashkil etilgan mazkur nufuzli turnirda 8 nafar grossmeyster qatori hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Blits va rapid yo‘nalishlarida o‘tkazilgan bahslar sarhisobiga ko‘ra, FIDE bayrog‘i ostida musobaqada ishtirok etgan rossiyalik Yan Nepomnyashshiy 19 ochko jamg‘argan holda Vugar Gashimov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir g‘olibiga aylandi.

Har ikki yo‘nalishda munosib ishtirok etgan mahoratli shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov 18 ochko bilan 2-o‘rinni egalladi.

Osiyo kubogida merganlarimizdan medallar

Qozog‘istonning Olmaota shahrida stenddan otish bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo kubogi bahslarida mamlakatimiz sportchilari munosib natijalarga erishdi.

O‘zbekiston terma jamoasi merganlari 1 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.

Qit’a chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan hamyurtimiz Behruz Sharapov musobaqaning skit dasturida ayni paytda qit’aning eng kuchli sportchilaridan biri ekanini yana bir karra ko‘rsatdi.

Osiyo kubogi davomida hamyurtlarimizdan Behruz Sharapov, Daniil Jalnin, Ernest Sattarov uchligi jamoaviy skit dasturida, Azamat Qayumov, Shohruh Sadirov, Ohunjon Abduqodirov trap dasturida va Bekzod Abdurahimov skit yo‘nalishining yakkalik dasturida kumush medalga, Azamat Qayumov trap yo‘nalishining yakkalik hamda Bekzod Abdurahimov, Georgiy Popov, Timur Yenaliyev uchligi dabl trap yo‘nalishida bronza medallariga egalik qilishdi.

Теги :
Jamiyat