$
 12736.48
-21.17
 14193.53
-74.63
 137.60
-0.45
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 28-sentyabrning eng muhim voqealari

positive

O‘zbekiston Yaponiyada turizm vazirlarining 7-xalqaro davra suhbatida ishtirok etdi

Tokio shahrida “BMT-Turizm” hamkorligida 7-xalqaro turizm vazirlari davra suhbati bo‘lib o‘tdi, unda O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev ishtirok etdi.

Tadbirda Yaponiya, Gretsiya, AQSh, Malayziya, Argentina, Bolgariya, Chernogoriya, Indoneziya, Filippin va boshqa davlatlar turizm vazirlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar rahbarlari qatnashdi.

Yaponiyadagi navbatdagi vazirlar uchrashuvida muhokama qilingan asosiy mavzular yangi turistik marshrutlarni yaratish, yoshlarning turizmdagi roli va barqaror turizmni rivojlantirishdir.

Huquq-tartibot idoralari rahbarlari Ulusda qabul o‘tkazdi

Qabulda viloyat sudi, prokuraturasi, Majburiy ijro byurosi, viloyat adliya, ichki ishlar va soliq boshqarmalari, Xalq qabulxonasi rahbarlari murojaatchilarni qabul qilib, ularning dardlarini tingladi. Jumladan, Samarqand viloyati sudi raisi o‘rinbosarlari T.Boyzoqov, Z. Allabayev va X.Tursunov, shuningdek, viloyat ma’muriy sudi, Nurobod tumani sudi mas’ullari sud organlaridan najot istab kelgan fuqarolarni qabul qildilar. Qabulda jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy masalalar yuzasidan murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Murojaatlarning qonunga muvofiq keladiganlari ijobiy hal qilindi, qolganlariga huquqiy tushuntirish berildi hamda tegishli tartibda arizalar olindi. 

Hasanboy Do‘smatov Bahodir Jalolovning o‘rnini egalladi

O‘zbekiston boks federatsiyasi mutasaddilari, terma jamoamiz murabbiylari va bokschilar ishtirokida kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida terma jamoamizning ishtiroki va Parij Olimpiadasi sarhisobiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Havaskor boksdagi faoliyatini yakunlagan terma jamoa sardori, ikki karra Olimpiada va jahon chempioni Bahodir Jalolovning o‘rniga, jamoa sardorligi ikki karra Olimpiya o‘yinlari va jahon chempioni Hasanboy Do‘smatovga topshirildi.O‘zbekiston boks federatsiyasi mutasaddilari, terma jamoamiz murabbiylari va bokschilar ishtirokida kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida terma jamoamizning ishtiroki va Parij Olimpiadasi sarhisobiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Havaskor boksdagi faoliyatini yakunlagan terma jamoa sardori, ikki karra Olimpiada va jahon chempioni Bahodir Jalolovning o‘rniga, jamoa sardorligi ikki karra Olimpiya o‘yinlari va jahon chempioni Hasanboy Do‘smatovga topshirildi.

Aziz Ataxo‘jayev jahon chempionatida yana sovrindor bo‘ldi 

Xabar berganimizdek, ayni kunlarda Shveysariyaning Syurix shahri para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

E’tiborlisi, erkaklar o‘rtasidagi T1 klassida 31.8 km. masofaga o‘tkazilgan guruh poygasi bellashuvlarida ishtirok etgan hamyurtimiz Aziz Ataxo‘jayev 1 soat 4 daqiqa 7 soniya natija qayd etib, 3-o‘rinni egalladi. 

Eslatib o‘tamiz, Aziz Ataxo‘jayev bundan avval ushbu jahon chempionatida vaqt poygasida ham bronza medalini qo‘lga kiritgan va O‘zbekiston tarixida jahon chempionatida sovrindor bo‘lgan birinchi para velosportchiga aylangan edi. 

Теги :
Жамият