$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 27-sentyabrning eng muhim voqealari

27.09. dayjest

Yaponiyaning eng yirik turizm assotsiatsiyasi O‘zbekistonga yapon sayyohlar guruhlarini yuborishga qiziqish bildirmoqda

Tokio shahrida O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev va Yaponiyaning Sayyohlik agentliklari assotsiatsiyasi (JATA) direktorlar kengashi raisi Hiroyuki Takahashi o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida davlatlar o‘rtasida sayyohlik oqimini oshirish va turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Ozbekiston Xitoy xalqaro kinofestivalida 

Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida 20-25-sentyabr kunlari “Oltin ipak yo‘li” XI Sian xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston kinematograflari delegatsiyasi Shensi provinsiyasi kino boshqarmasining taklifiga binoan ushbu tadbirning faxriy mehmoni sifatida ishtirok etdi.

Ko’zi ojizlar jamiyatining 5 yillik sarhisobi

So‘nggi yillarda barcha sohada bo‘lgani kabi nogironligi bo‘lgan shaxslar ijtimoiy himoyasida ham chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda.

Aytish joizki, Prezidentimizning 2017 yil 1 avgustdagi “Nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishi asosida tuzilgan komissiya yurtimizdagi nogironligi bo‘lgan shaxslar turmushidagi muammolarni o‘rganmoqda. 

Bugungi kunda ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun tizimda 198 ta mahalliy bo‘linma, 14 ta xududiy bo‘lim, 1 ta Markaziy boshqaruv, 63 ta o‘quv ishlab chiqarish korxonalari mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, 1 ta sihatgoh, 2 ta dam olish maskani hamda “Bir safda” jurnali tahririyati faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining “Ishonch telefoni” ishga tushirildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining “Ishonch telefoni” ishga tushirildi. Endilikda, tadbirkorlar, ishbilarmonlar hamda fuqarolar etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarishda biron bir noqonuniy xatti-harakatlar yoki kontrabanda holatlariga duch kelgan taqdirda Inspeksiyaning +(71) 202 86 90 telefon raqamiga murojaat qilishi mumkin bo‘ladi.

Теги :
Jamiyat