$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 26-sentyabrning eng muhim voqealari

positive

Yosh og‘ir atletikachilarimiz jahon chempionatida 4 ta medalli bo‘ldi

Ispaniyaning Leon shahrida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tgan jahon chempionatini mamlakatimiz sportchilari 4 ta medal bilan yakunladi.

Jahon chempionatida yurtimiz sharafini himoya qilgan 7 nafar sportchidan 3 nafari shohsupaga ko‘tarildi. 

Dunyoning 64 ta mamlakatidan 400 nafarga yaqin yosh og‘ir atletikachilar ishtirok etgan nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. 

“Eng yaxshi milliy kontent” respublika tanlovi g‘oliblari aniqlandi 

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tomonidan internet nashrlari jurnalistlari hamda ijtimoiy tarmoq faollari (blogerlar) uchun e’lon qilingan “Eng yaxshi milliy kontent” respublika tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

X.Salimovning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan e’lon qilingan tanlovda ishtirok etib, “Aholi, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, barkamol shaxsni tarbiyalashda kitobxonlik madaniyatini oshirish” loyihasi bo‘yicha g‘olib chiqqan. 

FVV Belgiya Qirolligi bilan hamkorlik qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari Belgiya Qirolligida tashkil etilgan “eNovation” loyihasining dastlabki yig‘ilishida ishtirok etdi.

Hamkorlikni kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda “yeNovation-kimyoviy, biologik, radiologik, yadroviy va portlash xavfiga ega moddalar xavfsizligi sohasidagi innovatsiyalar bo‘yicha o‘quv markazlarining kengaytirilgan tarmog‘i” loyihasining maqsad va vazifalari, rejalashtirilgan tadbirlar, xalqaro tadbirlarning tafsilotlari, ularni amalga oshirish sana va bosqichlari, moliyalashtirish jihatlari ko‘rib chiqildi.

Turkiyalik hamkorlar bilan yurtimizning ikki viloyatida gemodializ markazlari tashkil etiladi

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari F.Toshpo‘latov tibbiyotda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qilish maqsadida xizmat safari bilan Turkiyada bo‘ldi.

Tashrif davomida Istanbul shahrida davlat-xususiy sheriklik (DXSH) bo‘yicha bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiya doirasida Turkiyaning ko‘p tarmoqli shifoxonalarni boshqarish bilan nom qozongan “Sam Yapi Group” kompaniyasi rahbari bilan G2B formatda uchrashuv o‘tkazildi.

Komaniya rahbari kelgusida davlat-xususiy sheriklik asosida yurtimizning Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida gemodializ markazlarini tashkil etishga tayyorligini bildirdi.

Теги :
Jamiyat