$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 24-sentyabrning eng muhim voqealari

positive

Imtiyozli yo‘llanma asosida davolangan bemorlar uchun 67,2 milliard mablag‘ yo‘naltirildi

2024 yilning 9-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qashqadaryo viloyatida aholi salomatligini muhofaza qilish hamda sog‘liqni saqlash tizimini yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi.

Ushbu hujjat ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi ijro etuvchi direktori birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Kandimov AOKAda o‘tgan brifingda batafsil ma’lumot berdi:

– Mazkur qarorning asosiy maqsadi Qashqadaryo viloyatida aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, kasalliklarni barvaqt aniqlash va oldini olish, tibbiy xizmatlarni aholiga yaqinlashtirish va ularning sifatini oshirish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda kadrlar salohiyatini oshirishdan iborat. Unga ko‘ra, joriy yilning 1-iyulidan boshlab Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash tizimidagi viloyat darajasidagi shifoxonalar faoliyatini moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar Jamg‘armaning alohida shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga xarajatlar tasnifining bir satrida o‘tkazib berilmoqda.

O‘zbekiston – Rossiya: qurilish sohasida manfaatli kelishuvlarga erishildi 

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri v.b Sherzod Hidoyatov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari joriy yilning 18-21-sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasida bo‘lib qaytdi.

Dastlab vakillarimiz “DOM.RF” aksiyadorlik jamiyatiga tashrif buyurdi. Uchrashuvda hamkorlik istiqbollari va kompaniyaning ilg‘or mexanizmlarini mamlakatda qo‘llash masalalari muhokama qilindi. Jumladan, hududlarni kompleks rivojlantirish standartini mamlakatimizga moslashtirish, “yashil” ko‘p kvartirali uylarni qurish bo‘yicha davlatlararo standart loyihasini ilgari surish va Arxitektor ta’lim dasturida ishtirok etish kabi yo‘nalishlarda o‘zaro fikr almashildi.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari joriy yil 1-oktyabrga qadar to‘liq yakunlanadi

 AOKAda o‘tkazilgan brifingda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ axborot xizmati rahbari Faxriddin Nuraliyev bu haqda ma’lum qildi.

Unda aytilishicha, joriy yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari tizimli olib borilmoqda. Xususan, jamiyatda Markaziy shtab hamda hududlarda viloyat, shahar va tuman shtablari tashkil etilib, soha 24 soatlik ish rejimiga o‘tkazilgan. Hududlarda 6 300 dan ortiq xodimdan iborat 1 376 ta tunu-kun faoliyat yuritadigan avariyaviy brigada navbatchiligi tashkil etilgan va ularga 1 360 ta maxsus avto va texnika biriktirilgan.

– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 6 iyuldagi “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy va energetika sohasi ob’ektlarini hamda ko‘p kvartiralari uy-joy fondini 2024/2025 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mavsum ishlarini sifatli olib borishda muhim omil bo‘lmoqda. Unga muvofiq, bugungi kunda 30 ming kilometrga yaqin tarmoq hamda 10 200 ta transformator mukammal ta’mirlandi. Bundan tashqari, 35-110 kilovolt kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ining quvvatini oshirish maqsadida Xitoy xalq Respublikasi tomonidan ishlab chiqilgan jami 69 dona kuch transformator olib kelindi va hududlarga yetkazilib berildi. Ayni paytda 62 dona transformator podstansiyalarga o‘rnatildi va yuklama berildi. Yana 7 ta kuch transformator o‘rnatish jarayonida, – dedi F.Nuraliyev.

Boks bo‘yicha hakamimiz Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti tomonidan taqdirlandi

Joriy yilning 26-iyul va 11-avgust kunlari Fransiyaning Parij shahrida XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilganidan xabaringiz bor, albatta. Unda sportchilarimiz 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, o‘zlarining tarixiy natijalari bilan dunyo sporti muxlisu-mutaxassislarining e’tiborini tortgani sir emas.

Ushbu musobaqalarda hakamlarimiz ham muvaffaqiyatli faoliyat olib bordi. Ularning halolligi, vaziyatlarni aniq baholashi hamda to‘g‘ri qarorlari uchun musobaqa tashkilotchilari o‘z minnatdorliklarini hozirga qadar turli usullarda bildirib o‘tmoqda.

Gap shundaki, hamyurtimiz, xalqaro toifadagi referi Alisher Polvonov “Parij-2024” boks bahslarini boshqarib bordi.

Теги :
Jamiyat