$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 23-sentyabrning eng muhim voqealari

positive

So‘nggi yetti yilda qurilish sohasida 5 mingga yaqin yangi korxona ishga tushdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qurilish industriyasi va qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishi davom etmoqda.

So‘nggi yetti yilda qurilish materiallari sohasiga 9 milliard dollar investitsiya kiritilib, 5 mingga yaqin yangi korxona ishga tushdi, 94 mingta doimiy ish o‘rni yaratildi.

Ishlab chiqarish 2 karra o‘sdi, yillik aylanmasi 100 milliard so‘mdan oshgan korxonalar 150 tadan oshdi. So‘nggi besh yilda qurilishlar hajmi ham 2 baravar ko‘paydi. 

Shu bilan birga, 650 million dollarlik yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish hisobiga qurilishdagi import ulushini 31 foizdan 25 foizga tushirishga erishildi. Qurilish materiallari eksport bozori ham 58 taga yetdi, xorijda 20 dan ortiq savdo omborlari, 50 dan ziyod savdo do‘konlari ochildi.

Botir Zohidov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tasdiqlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qurilish industriyasi va qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishi davom etmoqda.

Qayd etilganidek, Prezident kuni kecha imzolagan 2 ta muhim hujjatga muvofiq, shu yilning o‘zida 500 ming, kelgusi yilda yana 1 million odamni kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi boshlanmoqda.

Bandlik vazirligining hozirgi ish yuritishi bilan bu marralarga erishib bo‘lmasligi qayd etildi.

Shu munosabat bilan Botir Zohidov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tasdiqlangani ma’lum qilindi. 

Turkiya bilan hamkorlikda O‘zbekistonning buyuk allomalari haqida ensiklopediya chop etiladi  

Joriy yilning 15-19 sentyabr kunlari O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ishtirokida Turkiyada bir qator tadbirlar, davra suhbatlari, taqdimot va ko‘rgazmalar o‘tkazildi.

Ushbu xizmat safari davomida Istanbul shahridagi Ayo Sofiya majmuasi, Ko‘k masjid, To‘pqopi saroyi, qadimgi Efes shahri va Galikarnas maqbarasi kabi mashhur tarixiy yodgorliklarning kichik modellarini o‘z ichiga olgan ochiq osmon ostidagi miniatyuralar muzeyi – Miniatürk singari diqqatga sazovor joylarda qator uchrashuvlar o‘tkazildi. Markaz mutaxassislari ushbu tarixiy obidalar va muzeylar, kutubxona va boshqa ma’rifiy muassasalar tajribasini o‘rgandi. 

“National Geographic Traveler” jurnali sahifalarida O‘zbekiston haqida maqolalar e’lon qilindi

O‘zbekistonning turizm salohiyatini xorijda keng targ‘ib qilish maqsadida “National Geographic Traveler” yetakchi bosma nashriyoti bilan hamkorlik ishlab chiqildi.

Maqolalarda eng qadimiy shaharlar me’morchiligi, yurtimizning xushmanzara joylari, betakror va unutilmas taomlar haqida so‘z yuritiladi.

Hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad Buyuk Britaniyada O‘zbekistonning turistik salohiyati va jozibadorligini targ‘ib qilishdan iborat.

“National Geographic Traveler” Buyuk Britaniyadagi sayohatga bag‘ishlangan bosma nashr (jurnal) bo‘lib, asosiy e’tibor sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan mamlakatlarni batafsil tahlil qilish va ekzotik mamlakatlarga tashrif buyurish bo‘yicha maslahatlarga qaratilgan.

Теги :
Jamiyat