$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 22-sentyabrning eng muhim voqealari

positive

Toshkentda “Lazzatli O‘zbekiston” gastrofestivali bo‘lib o‘tmoqda

20-22 sentyabr kunlari poytaxtimizdagi “Navro‘z” istirohat bog‘ida “Lazzatli O‘zbekiston” xalqaro gastronomik festivali bo‘lib o‘tmoqda. 

Unda O‘zbekistonning hududlari va xorijlik mehmonlar o‘z pazandalik san’at asarlarini namoyish etmoqda.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad O‘zbek oshxonasi va madaniyatiga qiziquvchi sayyohlarni jalb qilish, gastronomik turlarga bo‘lgan talabni oshirishdan iborat. 

Uch kun davomida mamlakatimizning turli hududlaridan 100 dan ortiq tajribali oshpazlar taxminan 50 xil taomlarni tayyorlaydilar hamda master-klasslar o’tkazadilar. 

Muaytaychilarimiz jahon chempionatini muvaffaqiyatli o‘tkazdi

Tailandning Bangkok shahrida muaytay bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Mazkur nufuzli musobaqada muaytaychilarimiz 2 ta oltin, 6 ta kumush, 10 ta bronza, jami 18 ta medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida 112 ta davlat orasida 10-o‘rinni egalladi.

Shuningdek, Xalqaro muaytay federatsiyalar uyushmasi (International Federation of Muaythai Associations) jahon chempionati doirasida navbatdagi Bosh assambleyasini o‘tkazdi. Unda 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar, 2025 yilda rejalashtirilgan masalalar ko‘rib chiqildi va muhokama qilindi.

Prezidentlar O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 sentyabr kuni Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, qardosh turkman xalqiga esa tinchlik va ravnaq tiladi.

O‘zbekiston-Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Shaxmatchi qizlarimiz Angliyani mag‘lubiyatga uchratdi

Budapeshtda davom etayotgan 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasining ortda qolgan 10-turida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Xitoy shaxmatchilariga qarshi bahs olib bordi.

Murakkab kechgan o‘yinda Nodirbek Abdusattorov va Ding Lijen o‘rtasidagi o‘yin durang bilan yakunlandi. Nodirbek Yoqubboyev va Javohir Sindorov Yi Vei va Yangyi Yuga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shamsiddin Vohidov Yue Vangni chiroyli tarzda mag‘lubiyatga uchratdi. Umumiy ko‘rinishda Xitoy-O‘zbekiston uchrashuvi 2,5:1,5 hisobida poyoniga yetdi.

Теги :
Jamiyat