$
 12724.84
-15.11
 14223.83
32.8
 137.11
-2.03
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 20-sentyabrning eng muhim voqealari

positive

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yangi tayinlangan elchilarning ishonch yorliqlarini qabul qildi

20 sentyabr kuni mamlakatimizga yangi tayinlangan xorijiy elchilar tomonidan ishonch yorliqlarini topshirish tantanali marosimi bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Favqulodda va muxtor elchisi Smita Pant, Koreya Respublikasi Favqulodda va muxtor elchisi Von Do Yon, Mo‘g‘uliston Favqulodda va muxtor elchisi Daadanxuu Batbaatar, Germaniya Federativ Respublikasi Favqulodda va muxtor elchisi Manfred Xuterer, Isroil Davlati Favqulodda va muxtor elchisi Gideon Lustig va Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari Toyvo Klaardan ishonch yorliqlarini qabul qildi.

Davlatimiz rahbari xorijiy diplomatik vakolatxonalar rahbarlarini O‘zbekistondagi sharafli va mas’uliyatli faoliyati rasman boshlangani bilan samimiy tabrikladi.

Saylov-2024: 22 sentyabrdan saylovoldi tashviqotiga start berildi

Shu yil 27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan parlament va mahalliy Kengash deputatlari saylovi bo‘yicha saylovoldi tashviqotiga 2024 yil 22 sentyabrdan start berildi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining bugun bo‘lib o‘tgan majlisida ma’lum qilindi.

Markaziy saylov komissiyasining majlisida Qonunchilik palatasi deputatligiga siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlarni ro‘yxatga olish hamda saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalar va deputatlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqotiga oid masalalar ko‘rib chiqildi.  

Qayd etilganidek, bu yil parlament quyi palatasiga saylanadigan bir yuz ellik nafar deputatning yetmish besh nafari bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha saylovchilarning bevosita aniq bir nomzodlarga bergan ovozlariga muvofiq saylanadi. Qolgan yetmish besh nafari esa yagona saylov okrugi bo‘yicha siyosiy partiyalarga berilgan ovozlarga mutanosib ravishda siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxati (ya’ni partiya ro‘yxati) asosida saylanadi.  

Qurilish sohasida xalqaro tajriba o‘rganilmoqda

Shu kunlarda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri v.b. Sherzod Hidoyatov boshchiligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turibdi.

Kuni kecha delegatsiya a’zolari Moskva shahridagi aholi turar joy binolarini ko‘zdan kechirdilar. Tanishuv jarayonida Rossiya qurilish industriyasida keng qo‘llanilayotgan energotejamkor texnologiyalar, qurilish bozoriga raqamli tizimlarni joriy etish, IT konsalting xizmatlari kabi ustuvor vazifalarga alohida e’tibor qaratildi.

YUNESKO ekspertlari Senatga tashrif buyurdi

YUNESKO ekspertlari Olunifesi Suraj hamda Annette Obolenski Oliy Majlis Senatiga tashrif buyurdi.

Ekspertlar mamlakatimizda axborot ochiqligi, media sohasi va jurnalistlarga yurtimizda yaratib berilayotgan sharoitlar haqida ijobiy fikrlar bildirdi. 

Ekspert O.Suraj “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi bilan shaxsan tanishib chiqqanini ta’kidlab, unda sohalarni raqamlashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarni yuqori baholadi. 

Shuningdek, yaqinda Parijda bo‘lib o‘tgan olimpiadada O‘zbekiston ko‘rsatgan tarixiy natijani e’tirof etib, g‘oliblar qatorida ayollarning borligi sohada ayollar ulushi ortib borayotganidan dalolat berishini ta’kidladi.

Теги :
Жамият