$
 12739.95
7.39
 14191.03
9.5
 139.14
-0.23
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 18-sentyabrning eng muhim voqealari dayjesti

positive

O‘zbekiston va Rossiya: turizm imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha qo‘shma qadamlar

Turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Jamshid Abdusalomov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Moskva shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Отдых. Leisure-2024” forum-ko‘rgazmasi doirasida Moskva viloyati bilan hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha muzokaralar olib bordi.

Uchrashuvda Moskva viloyati hukumati raisining o‘rinbosari – Moskva viloyatini obodonlashtirish vaziri Mixail Xaykin, Moskva viloyati madaniyat va turizm vaziri Vasiliy Kuznetsov, Moskva viloyati madaniyat va turizm vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksey Shimko va Moskva viloyati investitsiyalar, sanoat va fan vazirining o‘rinbosari Adil Gantsov ishtirok etdilar.

Og‘ir atletikachilar Xorazmda kuch sinashdi

Urganch shahrining “Yoshlik” sport majmuasida Respublika og‘ir atletikachilarining kattalar va yoshlar toifasidagi sportchilari o‘rtasida O‘zbekiston kubogi hamda 17 yosh toifasidagi sportchilar ishtirokida ilk bora “O‘zbekiston open” respublika ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi.

– Musobaqada 200 nafar sportchi ishtirok etdi va u yuksak darajada o‘tdi, – deydi Respublika og‘ir atletika federatsiyasi xodimi Abdusattor Mamasiddiqov. – Chunki musobaqa rekordlarga va natijalarga boy bo‘ldi. Toshkent viloyatidan kelgan sportchi Bekzod G‘ofurjonov o‘smirlar o‘rtasida norasmiy ravishda bo‘lsa ham jahon rekordini yangiladi. Shuningdek, sinovlar davomida dast va siltab ko‘tarish bo‘yicha O‘zbekistonning bir nechta rekord natijalari yangilandi.  

Germaniyada transport sohasida ishlash istagida bo‘lgan yurtdoshlarimiz kasbga o‘rgatiladi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Germaniyaning “DB Engineering Consulting Operations Group” kompaniyasi o‘rtasida ayni maqsadga qaratilgan bayon imzolandi.

“Deutsche Bahn” – Germaniyaning asosiy temir yo‘l operatori sanaladi. 100 foiz davlat ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyati. Kompaniyaning umumiy aylanma kapitali 76 milliard 303 million yevroni tashkil qiladi. 

Endilikda Germaniyada transport, muhandislik sohalarida ishlash istagida bo‘lgan yurtdoshlarimiz ushbu davlat standartlari asosida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik hamda Transport vazirliklari qoshidagi kasbiy ta’lim muassasalarida germaniyalik mutaxassislar tomonidan til va kasbga o‘rgatiladi. 

Novosibirsk delegatsiyasi Surxondaryoda

Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk viloyati gubernatori Andrey Travnikov boshchiligidagi delegatsiya Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov taklifiga binoan janubdagi vohaga keldi.

Delegatsiya tarkibida Novosibirsk viloyati gubernatori o‘rinbosarlari, qator tarmoqlar vaziri va vazir o‘rinbosarlari, transport, sanoat, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, sog‘liqni saqlash sohasi vakillari, salohiyatli tadbirkorlar bor. 

Mehmonlar viloyatga safarini O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasida barpo etilgan “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi bilan tanishishdan boshladi. Bu yerda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov delegatsiya a’zolariga markaz haqida atroflicha ma’lumot berdi. 

Теги :
Жамият