$
 12732.56
3.08
 14181.53
25.08
 139.37
-0.35
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 16-sentyabrning eng muhim voqealari dayjesti

positive

O‘zbekiston Prezidenti “Markaziy Osiyo – Germaniya” sammitida ishtirok etadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 17 sentyabr kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari va Germaniya yetakchilarining ikkinchi uchrashuvida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ladi.

Sammitda mintaqa mamlakatlarining Germaniya bilan ko‘p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinadi.

Banklarning ipoteka kreditini ajratish imkoniyatlari kengayadi

Ipoteka krediti bozorini kengaytirishga qaratilgan “Ipoteka krediti bozorining rivojlantirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun bilan amaldagi 3 ta qonunga — “Ipoteka to‘g‘risida”gi, “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi hamda “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi qonunlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.  

Mazkur qonun bilan garov xatini rasmiylashtirish orqali resurslar jalb etish ko‘zda tutilmoqda. Bunda ipoteka krediti olgan shaxsga qo‘shimcha majburiyatlar yuklanmaydi. Faqatgina to‘lovni qabul qiluvchi shaxs o‘zgaradi. Banklar garov xatini ta’minotchi sifatida olib turib, qo‘shimcha mablag‘lar jalb etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 

O‘zbekiston Prezidenti va Germaniya Kansleri daraxt ekdilar

O‘zbekiston-Germaniya sammiti yakunida daraxt ekish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal Kansleri Olaf Shols Kongress markazidagi xiyobonda birgalikda daraxt ekdilar.

Bu O‘zbekiston-Germaniya ko‘p qirrali munosabatlarida yangi bosqich boshlangani, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik rishtalari mustahkamlanib borayotganining ramzi bo‘ldi.

Minskda “Belarus va O‘zbekiston” birinchi turistik forumi o‘tkazildi

Minsk shahrida ikki davlat turizm sektori tashabbusi bilan “Belarus va O‘zbekiston” birinchi turistik forumi tashkil qilindi.

Unda Turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari J.Abdusalamov rahbarligida “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti hamda O‘zbekiston sayyohlik kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya ishtirok etdi.

Forum davomida ikki tomonlama aloqalarning joriy holati, hamkorlikning istiqbollari, kadrlarni tayyorlash bo‘yicha hamkorlik masalalari, tomonlar o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, turizm mahsulotlarini ishlab chiqish va targ‘ib qilish kabi qator mavzular muhokama qilindi.

Теги :
Жамият