$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 15-sentyabrning eng muhim voqealari dayjesti

positive

O‘zbekiston va Belavia turizm va aviatsiya istiqbollarini muhokama qildi

Turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Jamshid Abdusalomov Belarusiya “Belavia” aviakompaniyasining marketing va tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha bosh direktori o‘rinbosari Vladimir Barkun bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muhokamaning asosiy mavzusi turizmni rivojlantirish istiqbollari va Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasida aviatsiya sohasidagi hamkorlik boʻldi.

Belarus bilan hamkorlik borasida Jamshid Abdusalomov Belarus turizm bozorining O‘zbekiston uchun ahamiyatiga e’tibor qaratdi. Ma’lum qilinishicha, Oʻzbekistonga Belarusdan kelayotgan sayyohlar soni ayniqsa pandemiyadan soʻng ortib bormoqda va 2023-yilda bu koʻrsatkich 15 ming kishidan oshgan.

Kelgusi hamkorlik boʻyicha takliflar qatorida tomonlar Oʻzbekiston va Belarusning muhim shaharlari oʻrtasida yangi yoʻnalishlarni rivojlantirish va parvozlar sonini oshirish, qoʻshma marketing kampaniyalarini oʻtkazish, shuningdek, Oʻzbekiston aeroportlaridan janubiy yoʻnalishlar uchun tranzit xab sifatida foydalanishni qayd etdilar.

Germaniya Federal Kansleri Samarqand shahriga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Germaniya Federativ Respublikasi Federal Kansleri Olaf Shols 15 sentyabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Samarqand shahri aeroportida Germaniya Hukumati rahbarini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.Xo‘jayev va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

“Pushkin” xiyobonida zamonaviy suvtushar bog‘ barpo etiladi

Yakkasaroy tumanidagi “Pushkin” xiyoboni hududida zamonaviy suvtushar bog‘ barpo etish bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

Taqdimotda Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova “Pushkin” xiyobonida aholiga qulayliklar yaratish maqsadida bog‘ hududi zamonaviy dizaynda bo‘lishini ta’kidladi.

Shuningdek, ishtirokchilar bog‘ hududida olib boriladigan ishlarning loyihasi bilan tanishdi.

Bundan tashqari, Yakkasaroy tumanidagi Shota Rustaveli ko‘chasini 24/7 rejimida faoliyat yurituvchi gastronomik turizm ko‘chasiga aylantirish loyihasi to‘g‘risida ham ma’lumot berildi.

Akademik eshkak eshuvchilarimiz Osiyo chempionatini 10 ta medal bilan yakunladi

Xitoyning Shenyan shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha o‘tkazilgan U19 va U23 Osiyo chempionatining so‘nggi kunida mamlakatimiz terma jamoasi a’zolari 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medaliga ega chiqdi.

Aniqrog‘i, U19 yosh toifasida M2 yo‘nalishida Daler Ashurov va Bobomurod Pardayev oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, M2x bahslarida Jamolbek Turg‘unov va Bobur Muhiddinov kumush medal bilan taqdirlandi. U23 yosh toifasida esa M1x poygasida Mehroj Mamatqulov kumush medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, M4x bo‘yicha Mehroj Mamatqulov, Sobir Safaraliyev, Samir Roziqov va Samandar Hamraqulov to‘rtligi bronza medaliga ega chiqdi.

Теги :
Jamiyat