$
 12732.56
3.08
 14181.53
25.08
 139.37
-0.35
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 14-sentyabrning eng muhim voqealari dayjesti

positive

“Toshkent metropoliteni”da eskirgan eskalatorlarni almashtirish uchun 900 ming AQSH dollari ajratiladi

Metro, katta magazin va shu kabilarda odamlarni yuqoriga chiqarish va pastga tushirishda eskalatorlarning o‘rni katta.

“Toshkent metropoliteni” DUK matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, davlatimiz rahbarining 2021 yil 16 oktyabrdagi “Toshkent metropoliteni faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, poytaxtda metropolitenda xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan 6 dona eskalatorni almashtirish uchun davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan jami 900 ming AQSH dollari ajratilishi ko‘zda tutilgan.  

O‘zbekiston yoshlari “WorldSkills Lyon-2024” musobaqasida qatnashmoqda

Ayni kunlarda Fransiyaning Lion shahrida “WorldSkills Lyon-2024” kasbiy ko‘nikmalar tanlovi bo‘lib o‘tmoqda. Dunyoning eng yirik mahorat musobaqasida 70 dan ortiq davlatdan 1 ming 400 nafardan ziyod mutaxassis 62 ta kasb yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazmoqda.

O‘zbekiston sharafini ikki nafar yosh usta avtomobil texnologiyasi hamda elektr muhandisligi yo‘nalishlarida himoya qilmoqda. Yosh ustalarimiz “WorldSkills Uzbekistan-2023” g‘oliblari hisoblanadi va ushbu tanlovda o‘z mahoratlarini namoyish etmoqda.  

O‘zbekiston yoshlar delegatsiyasi ham musobaqada ishtirok etib, 2025 yilda Tayvanda bo‘lib o‘tadigan “WorldSkills Asia-2025” musobaqasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.  

Germaniya Federal Kansleri O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Germaniya Federativ Respublikasi Federal Kansleri Olaf Shols 15-16 sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Samarqand shahrida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston-Germaniya ko‘p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Savdo-iqtisodiy, texnologik va investitsiyaviy-moliyaviy sheriklikni kengaytirish, Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari bilan hamkorlikni chuqurlashtirish, mehnat migratsiyasi, ekologiya, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, turizm va boshqa yo‘nalishlarda faol aloqalarni davom ettirishga alohida e’tibor qaratiladi. Mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari bo‘yicha fikr almashiladi.

Kinorejissyorimiz “Slavyan ertagi” XII xalqaro kinofestivalining bosh sovrini bilan taqdirlandi

Bolgariya televideniye, kino va internet kommunikatsiyalari akademiyasi tomonidan tashkil etilgan “Slavyan ertagi” XII xalqaro kinofestivalining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi Boshqaruv kengashi a’zosi, kinorejissyor Muzaffarxon Erkinov “Puankare” badiiy filmi uchun kino-telefestivalning bosh sovrini – Gran-Pri (“Badiiy film uchun eng yaxshi rejissyorlik ishi” nominatsiyasi) bilan taqdirlandi.

Теги :
Жамият