$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 12-sentabrning eng muhim voqealari dayjesti

positive

Toshkent viloyatidan yana 14 ta mahalla Yangi Toshkent hududiga oʻtkaziladi

Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Yangi Toshkent hududiga qisman oʻtkazilayotgan mahallalar boʻyicha maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, Yuqori Chirchiq tumanidan qisman 11 ta mahalla, Oʻrta Chirchiq tumanidan esa qisman 3 ta mahalla Yangi Toshkent hududiga oʻtkazilmoqda.

Yuqori Chirchiq tumanida:

“Istiqlol”, “Gulobod”, “Navroʻz”, “Qorasuv”, “Oq ovul”, “Jumabozor”, “Nurli yoʻl”, “Farovon”, “Yangi hayot”, “Saxovat” va “Qizilsoy” MFY.

Oʻrta Chirchiq tumanida: “Mustaqillik”, “Yangi Turmush” va “Mashʼal” MFY.

“V Butunjahon ko’chmanchilar o’yinlari”dagi medallarimiz 32 taga yetdi

Ostona shahrida davom etayotgan “V Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari”ning ortda qolgan bellashuvlari sarhisobiga ko‘ra, mamlakatimiz vakillari 11 ta oltin, 12 ta kumush, 9 ta bronza, jami 32 ta medal bilan umumjamoada 2-o‘rinda bormoqda.

Kecha o‘tkazilgan kurash musobaqalarida sportchilar -60, -66, -73 va kurashchi qizlar -57 kilogramm vazn toifasida g‘oliblik uchun bellashdi.

50 nafardan ortiq kurashchilar ishtirok etgan bellashuvlar keskin va murosasiz o‘tdi. Ayollar o‘rtasida mezbon mamlakat vakili To‘lganay Abeuova g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.

“CAITME 2024”: mahallik va xorijiy ishlab chiqaruvchilarni hamkorlikka chorlamoqda

Poytaxtimizda “O‘zekspomarkaz” markaziy ko‘rgazmalar majmuida “To‘qimachilik uskunalari va texnologiyalari – CAITME 2024" 15-Markaziy Osiyo xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda 22 davlatdan 403 ta kompaniya o‘z mahsulotlari bilan qatnashmoqda. Muhimi, u yana bir bor mintaqadagi soha mutaxassislari bilan uchrashish, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj uskunalarining dunyodagi yetakchi ishlab chiqaruvchilarining so‘nggi yangiliklarini ko‘rish, maslahatlar va texnik ko‘mak olish kabi masalalarda muloqot maydonini yaratib berdi.

“Iteca Exhibition” xalqaro ko‘rgazmalar kompaniyasi menejeri Nodira Hayitboyevaning ma’lum qilishicha, unda 87 foiz xorijiy ishtirokchilar qatnashmoqda. Buning boisi to‘qimachilik uskunalari va texnologiyalarining eng zamonaviylari aynan ular hissasiga to‘g‘ri kelishi bilan bog‘liqdir.

Toshkentda O‘zbekiston va Turkiya maxsus xizmatlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston va Turkiya Respublikalari Prezidentlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarga muvofiq, joriy yilning 12 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati markaziy apparatida DXX raisi Abdusalom Azizov Ibrohim Qalin rahbarligidagi Turkiya Milliy razvedka tashkiloti delegatsiyasini qabul qildi.

Uchrashuv davomida xavfsizlik sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, xususan, terrorizm va ekstremizm, noqonuniy migratsiya, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, terrorchilik faoliyatiga aloqador bo‘lgan qidiruvdagi shaxslarni ushlash va deportatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.

Теги :
Jamiyat