$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 11-sentabrning eng muhim voqealari dayjesti

positive

Aholiga boʻlib berilgan yerlar boʻyicha 16 ta tumanda ikki-uch martadan hosil olish hisobiga kambagʻallik ikki karra kamaydi

Respublikaning 15 ta tumanida kambagʻallik 20 foizdan yuqori. Bular – Amudaryo, Beruniy, Qonlikoʻl, Nukus, Taxtakoʻpir, Xoʻjayli, Chimboy, Guliston, Mirzaobod, Oqoltin, Sardoba, Gurlan, Yangiariq, Yangibozor va Tuproqqalʼa.

Bu tumanlarda kambagʻallikni qisqartirish uchun uch yilda 1,7 trillion soʻmlik arzon kredit va subsidiya berilgan boʻlsada, oʻzgarish boʻlmagan.

Aholiga boʻlib berilgan yerlar boʻyicha 16 ta tumanda 2-3-martadan hosil olish hisobiga kambagʻallik 2 karra kamaydi. Bular – Paxtaobod, Baliqchi, Gurlan, Xonqa, Oltiariq, Dangʻara, Konimex, Boyovut, Jomboy, Shofirkon, Sh.Rashidov, Zomin, Shahrisabz, Oʻrtachirchiq, Boʻka, Taxiatosh tumanlari.

Shaxmat olimpiadasidagi ilk raqiblarimiz ma’lum

Bugun, 11 sentyabr kuni Vengriya poytaxti Budapesht shahrida 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasining dastlabki tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Kecha har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan nufuzli musobaqaning tantanali ochilish marosimi hamda Olimpiadaga qur’a tashlash tadbiri tashkil etildi.

Qur’a natijasiga ko‘ra, Vladimir Kramnik murabbiyligidagi Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidov, Jahongir Vohidovdan iborat O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 1-turda Trinidad va Tobago shaxmatchilariga qarshi bahs olib boradi.

Aleksey Dreyev ustozligidagi Afruza Hamdamova, Nilufar Yoqubboyeva, Umida Omonova, Marjona Malikova, Nodira Nodirjonovadan iborat O‘zbekiston ayollar terma jamoasi ilk turda Gaiti vakillari bilan kuch sinashadi.

O‘zbekistonlik talaba “Quiz on Korea – 2024“ tanlovi g‘olibi bo‘ldi

Janubiy Koreya poytaxtida an’anaviy “Quiz on Korea 2024” koreys tili va madaniyati xalqaro tanlovining final bosqichi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

E’tiborlisi, Seul shahrida o‘n uchinchi marotaba o‘tkazilgan mazkur xalqaro tanlovning final bosqichida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi Mohira Ergasheva 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Joriy yilgi “Quiz on Korea” tanlovida 21 davlatdan eng iqtidorli talabalar qatnashib, ular Janubiy Koreya tarixi, iqtisodiyoti, jamiyati, tili va madaniyati haqidagi bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Qirg‘iziston Prezidenti o‘zbek boks murabbiyiga mashina sovg‘a qildi

Sadir Japarov bugun, 11-sentyabr kuni, o‘zbekistonlik boks murabbiyi Akmal Hasanov bilan uchrashib, unga Munarbek Seyitbek o‘g‘lining g‘alabasiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik ramzi sifatida avtomobil sovg‘a qildi.

“Butun dunyo Markaziy Osiyo xalqlari birdamlik va do‘stona munosabatlarni namoyish etib, bir-birini qo‘llab-quvvatlayotganiga guvoh bo‘ldi. Sport tinchlik elchisi deyishadi. Siz o‘z misolingiz bilan o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashga hissa qo‘shdingiz. Birligimiz yanada mustahkam bo‘lishini tilayman,” - degan Sadir Japarov.

Shuningdek, Japarov Parij Olimpiadasida o‘zbekistonlik sportchilarning yuksak natijalar ko‘rsatganini ham ta’kidlab o‘tgan.

Теги :
Jamiyat