$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 1-sentabrning eng muhim voqealari dayjesti

positive

Ichki “perevod” natijalari e'lon qilinmoqda 

O‘zbekistondagi davlat oliygohlarining biridan ikkinchisiga o‘qishini 2 ta uzrli sabablarga ko‘ra ko‘chirayotgan talabgorlarga tegishli Vazirlik (idora) tomonidan natijalar e’lon qilinmoqda. 

Shaxsiy kabinetda arizangiz statusi "Natijalar eʼlon qilinishi kutilmoqda" deyilsa, 1-2 kundan soʻng sizning arizangiz "Tavsiya etildi" yoki "Tavsiya etilmadi" statusiga oʻzgaradi! 

Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Buxorodagi turistik obyektlar bilan tanishdi

Joriy yilning 29-avgust kuni Turkiya Respublikasi madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy boshchiligidagi delegatsiya Buxoro shahriga tashrif buyurdi.

Mehmet Nuri Ersoy Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev va Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari Botirjon Shaxriyorov hamrohligida Buxoro shahrida joylashgan turistik obyektlar va tarixiy obidalarni ziyorat qildi, sayyohlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar bilan tanishdi.

“Poyi Kalon”, “Buxoro Ark qo‘rg‘oni” majmualari, “Labi Xovuz” ansambli, "Bahouddin Naqshband", “Ismoil Somoniy” maqbarasi, “Mirzo Ulug‘bek” va “Abdulazizxon” madrasalari, “Toqi Zargaron” savdo majmuasi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

To’rt nafar dzyudochimiz Osiyo chempioniga aylandi

Janubiy Koreyaning Mungyong shahrida o‘tkazilgan dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionatining yoshlar toifasidagi bellashuvlarida olti nafar polvonimiz shohsupaga ko‘tarildi.

Qit’a birinchiligining so‘nggi kuni o‘rta va og‘ir vazn toifalarida bahslar tashkil etildi. Unda Barchinoy Qodirova (-70 kg.), Shirinjon Yo‘ldosheva (-78 kg.), Shahzodxo‘ja Sharipov (-90 kg.) va Muhammadsodiq Sodiqov (-100 kg.) o‘z vazn toifalarida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, vazni 100 kilogrammdan ortiq bo‘lgan dzyudochilar o‘rtasida Fazliddin Rafiqov kumush, -81 kg. vaznda Mardon Ravshanov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Xo’jayli tuman hokimligi tashabbusi bilan to’ylar o’tkazildi

Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi bayrami arafasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani hokimligi tashabbusi bilan Buxoro viloyati hokimligi homiyligida 10 ta nikoh va 15 ta sunnat to‘yi o‘tkazildi.

Tadbirda Buxoro viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari B.Ahmedov, Xo‘jayli tumani hokimi J.Yermashov yig‘ilganlarni mamlakatimiz mustaqilligining 33 yillik bayrami, yosh oilalarni hamda bolajonlarni unutilmas kun bilan qutladi.

Теги :
Jamiyat