$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 11-avgustning eng muhim voqealari dayjesti

positive

Ta'lim krediti haqida muhim ma'lumotlar

1. Imtiyozli taʼlim krediti xotin-qizlarga foizsiz, yigitlarga markaziy bankning asosiy stavkasiga (13,5%) ko'ra ajratiladi.

2. Ta'lim krediti O'zbekiston Respublikasi hududida faoliyat olib borayotgan davlat va nodavlat OTM talabalari uchun ajratiladi. 

3. Ta'lim krediti joriy yildan faqat kunduzgi ta’lim talabalari uchun ajratiladi.

4. Joriy yildan Ikkinchi kursdan yuqori talabalarning baholari past boʻlgan (oʻrtacha “3”dan past) taqdirda taʼlim krediti koʻpi bilan toʻlov shartnomaning 80 foizi miqdorida ajratiladi.

5. Ta'lim krediti Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (yaʼni ko‘tarilmaydi).

6. Ta'lim kreditini har yili olish mumkin.

Endilikda hokim mahalliy Kengash raisi bo‘la olmasligi belgilanmoqda

Joriy yilning 9-avgust kuni Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mahalliy davlat hokimiyatining konstitutsiyaviy asoslari takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.

Hokim va mahalliy Kengash raisi lavozimlari bir-biridan ajratilib, endilikda hokim mahalliy Kengash raisi bo‘la olmasligi belgilanmoqda.

Alohida toifadagi yo‘lovchilar temir yo‘l transportida yiliga bir marta bepul yurishi mumkin

Ayni paytda Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi tomonidan “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisiga birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlanmoqda.

Harakatdagi temir yo‘l tarkibi va temir yo‘llarini belgilangan tartibda tegishli davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, alohida toifadagi yo‘lovchilarga temir yo‘l transportida yiliga bir marta bepul yurish huquqini belgilash nazarda tutilyapti.

Yoshlarning ekologik qonunlarga oid bilimlari sinovdan o’tkazildi

10-avgust kuni Shahrisabzda “Yoshlar - kelajak bunyodkorlari” III ekologiya va turizm xalqaro qurultoyi doirasida “Siz eko-qonunlarni bilasizmi?” ko‘rik-tanlovi o’tkazildi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi eko prokuratura boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tanlovda qurultoy ishtirokchilaridan shakllantirilgan jamoalar o’z hududlari nomidan ishtirok etdi.

Теги :
Jamiyat