$
 12980.16
44.89
 14606.57
239.37
 161.63
1.16
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

2024-yil 22-iyulning eng muhim voqealari dayjesti

positive

O‘zbekiston va Qozog‘iston sudyalar oliy kengashlari o‘rtasida memorandum imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi va Qozog‘iston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.

Ushbu hujjatda do‘stona munosabat va hamkorlikni yanada chuqurlashtirish ko‘zda tutilgan. Jumladan, sudyalar mustaqilligi va daxlsizligini takomillashtirish, sudya kadrlarni tayyorlash bo‘yicha umumiy faoliyatga doir o‘quv dasturlarni amalga oshirish, qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, tajribalar hamda axborot almashish, seminar va forumlar tashkil qilish va boshqa qator masalalar qamrab olingan.  

Akademik litseylarga kirish test sinovi kunlari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, akademik litseylarga kirish test sinovlari joriy yilning 25–26 iyul kunlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada o‘tkaziladi.

Test sinovlarini o‘tkazish vaqti:  

25 iyul kuni 1 smenada o‘tkazilib, soat 15:00 da;  

26 iyul kuni 2 smenada o‘tkazilib: 1-smena soat 9:00 da; 2- smena soat 15:00 da boshlanadi. 

Suyultirilgan gaz ishlab chiqarish 109,7 foizga bajarildi

AOKAda o‘tkazilgan brifingda «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati rahbari Mo‘min Ibodov ushbu tashkilot tomonidan 2024 yil 1-yarim yillikda amalga oshirilgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.

Joriy yil yanvar-iyun oylarida 333,3 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarilib, prognoz 109,7 foizga bajarilgan.  

Shaxmat olimpiadasida qatnashadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi 

Joriy yilning 10-23 sentyabr kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahri Butunjahon shaxmat olimpiadasiga mezbonlik qiladi.

Terma jamoa murabbiylar shtabi Budapeshtga chempionlik himoyasi uchun boradigan tarkibni e’lon qildi.

Ikki yil avval Hindistonning Chennay shahrida qahramonlarga aylangan Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev hamda Jahongir va Shamsiddin Vohidovlar Vatanimiz sharafini himoya qilish bilan birga chempionlik unvoni uchun dona suradi.  

Теги :
Jamiyat