$
 12920.48
-7.79
 13436.01
-26.2
 130.17
0.51
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 13-iyulning eng muhim voqealari dayjesti

13 7

Glempinglar va o‘tovlarni tasniflashga doir milliy standart

Turizm qo‘mitasi qoshidagi “Turizm sohasida standartlashtirish” texnik qo‘mitasi tomonidan “Turizm xizmatlari. Glempinglar va o‘tovlar. Tasniflash tizimi” milliy standarti ishlab chiqildi va ilk bor amalga kiritilmoqda.

Milliy standart glempinglar va o‘tovlarni toifalar bo‘yicha tasniflash tizimini belgilab, u quyidagi talablar majmuiga asoslangan:

- konstruksiyalar va unga tutash hudud;

- texnik jihozlar va asbob-uskunalar;

- nomerlarning sanitar-gigiyenik jihozlanganligi;

- nomerlarning texnik jihozlanganligi;

- nomerlarni mebel va inventar bilan jihozlanganligi;

- umumiy foydalanish uchun sanitariya obyektlari;

- jamoat joylari;

- xizmatlar;

- ovqatlanish xizmatlari;

- xodimlar va ularning tayyorgarligiga doir talablar.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘zaro hamkorlikda yangi navigatsiya yo‘lagini joriy etildi

2024-yil 11-iyuldan T–916 zonali navigatsiya marshrutining yangi bo‘limlari rasmiy e’lon qilindi va havo kemalari parvozi uchun foydalanishga topshirildi. Shu kuni Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi yangi yo‘nalishning birinchi foydalanuvchisi bo‘ldi

Ushbu 40 kilometrga qisqargan yangi yo‘nalishning joriy etilishi aviakompaniyalarga har kungi reyslar davomida yiliga 30 tonnadan 50 tonnagacha aviayoqilg‘ini tejash imkonini beradi. 

 Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarda o‘zbekistonlik referilar

Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarining boks bahslarida ham o‘zbekistonlik referi faoliyat olib boradi. O‘zbekiston boks federatsiyasining ma’lum qilishicha, bo‘lajak bellashuvlarda Xalqaro toifadagi hakam Alisher Polvonov ishlaydi.

Bu A.Polvonov uchun faoliyatidagi birinchi Olimpiya o‘yinlari bo‘ladi. Bungacha yurtdoshimiz Osiyo va jahon chempionatlari, bir qator nufuzli turnirlar, xususan, Parij-2024 davridagi qit’aviy va jahon litsenzion musobaqalarida faoliyat ko‘rsatgan.

Bishkekda TDT sun’iy intellekt bo‘yicha sammiti bo‘lib o‘tadi

Joriy yil 9-10 oktyabr kunlari Bishkek shahrida turkiy davlatlar ishtirokida sun’iy intellekt masalasiga bag‘ishlangan sammit tashkil etiladi.

Mazkur tadbir Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining X sammitidagi ishtiroki yakuni bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlar rejasi asosida o‘tkaziladi.