$
 12855.93
11.93
 13570.72
20.3
 128.16
-0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 22-mayning eng muhim voqealari dayjesti

5 22

O‘zbekiston va Turkiya hamkorligi

22-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilovning Turkiya Respublikasi Buyuk Millat Majlisi raisi Numan Kurtulmush boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlik jadal tus olgani, faol siyosiy muloqot olib borilayotgani, savdo-iqtisodiyot va investitsiya sohalaridagi aloqalar sur’ati oshib borayotgani, samarali madaniy-gumanitar almashinuvlar davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

O‘zbekistonning suveren xalqaro obligatsiyalari

O‘zbekistonning umumiy qiymati qariyb 1,5 mlrd dollarga teng navbatdagi suveren xalqaro obligatsiyalari 3 ta valyutada jahon moliya bozorlarida joylashtirildi. Obligatsiyalardan tushgan mablag‘ Davlat budjeti taqchilligini qoplash va Barqaror rivojlanish maqsadlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.

Kun davomida O‘zbekiston suveren xalqaro obligatsiyalarini sotib olish uchun jami 5,5 mlrd dollar miqdoridagi buyurtmalar kelib tushgan.

Meva-sabzavotlar uchun alohida yo’laklar

Tovar va transport vositalari harakati yuqori bo‘lgan yirik chegara bojxona postlarida meva-sabzavot mahsulotlari eksportini ustuvor tartibda tezkorlik bilan amalga oshirish uchun maxsus belgilar bilan jihozlangan alohida yo‘laklar tashkil etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, bunda tez buziluvchan meva-sabzavot mahsulotlari (piyoz, karam, gilos, o‘rik va boshqalar) ortilgan transport vositalarini ushbu yo‘laklarga yo‘naltirishda ustuvorlik ta’minlanadi.

Aeroportda avtomobillarni ijaraga olish

Toshkentga yetib kelgan yo‘lovchilar endi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aeroportda avtomashinani ijaraga olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 20 maydan Europcar brendi ostidagi avtomobillarni ijaraga berish kompaniyasi ish boshlagan, deyiladi Uzbekistan Airports ma’lumotida.

Europcar – 1949 yilda asos solingan, shtab-kvartirasi Parijda joylashgan avtomobil ijara kompaniyasi. Fransiyaning Eurazeo investitsion kompaniyasiga tegishli bo‘lib, uning parkida 150 ta mamlakatda 250 mingdan ortiq avtomobil va 3 mingga yaqin ijara punktlari mavjud.