$
 12640.21
-49.76
 13559.15
1.19
 137.02
-0.18
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 28-martning eng muhim voqealari dayjesti

3 28

Yo‘lkira haqini to‘lashda yangi qulaylik

Davlat rahbarining joriy yil 25-martdagi “Jamoat transportini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga ko‘ra, Joylarda iqtisodiyot va moliya boshqarmalari huzurida davlat muassasasi shaklida “Maxsus jamg‘armalar mablag‘larini boshqarish, yo‘nalishlar ishini tahlil qilish va pul tushumlari monitoringi guruhlari” tashkil etiladi. 

Shuningdek, 2024-yil 1-iyungacha jamoat transportida yo‘lkira haqini to‘lashda elektron to‘lov tizimidan foydalanishni rag‘batlantiruvchi tariflar joriy etilishi ta’minlanadi.

Tashqi ishlar vaziri ishonch yorlig‘ini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Belgiyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Anri Vantigemdan ishonch yorlig‘ini qabul qildi

Elchi bilan muloqot chog‘ida ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga o‘zaro tayyorlik qayd etildi. O‘zbekiston va Belgiya kompaniyalari o‘rtasida yaqin aloqa o‘rnatish va o‘zaro sa’y-harakatni jadallashtirish zarurligi ma’qullandi.

O'rmonlar qayta tiklanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “O‘zbekistonda barqaror o‘rmon landshaftlarini tiklash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

2023-yil 10-aprelda O‘zbekiston Respublikasi bilan Xalqaro taraqqiyot uyushmasi o‘rtasida bitim imzolangan edi. Ushbu bitim doirasida "O‘zbekistonda barqaror o‘rmon landshaftlarini tiklash" loyihasini amalga oshirish uchun 5-yillik imtiyozli davr bilan 30-yil muddatga jami 142 million AQSH dollari miqdorida qarz mablag‘lari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi bilan PROGREEN trast jamg‘armasi hamda Koreya Respublikasining KWPF jamg‘armasi o‘rtasida tuzilgan grant bitimlari doirasida jami 11 million AQSH dollari miqdorida grantlar jalb etilgan.

Livanning Beyrut shahrida stol tennisi bo‘yicha sovrindorlar

Stol tennisi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan musobaqaning U13 toifasida Rahmatillo Abdurashidov oltin, Husan Iskandarov esa kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Adelina Hasanova qizlar orasida oltin, Eleonora Shiriyeva kumush medal sohibi bo‘ldi. U17 yosh toifasida Arujan Kamalova hamda Asel Yerkebayeva finalda o‘zaro raqobatlashdi va unda Arujanning qo‘li baland keldi. Yigitlar bahsida Xurshid Ahmedov bronza medali bilan taqdirlandi