$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 7-noyabrning eng muhim voqealari dayjesti

Day 7-noyabr

 U-20 Osiyo Kubogida O‘zbekiston raqiblari ma’lum

Xitoyning Shenchjen shahrida U-20 Osiyo Kubogiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Jamoalar 4 ta savatchaga ajratilgan bo‘lib, amaldagi musobaqa g‘olibi O‘zbekiston U-20 terma jamoasi 1-savatchadan o‘rin olgandi va qur’adan so‘ng C guruhidan joy oldi.

A guruhi

Xitoy

Avstraliya

Qirg‘iziston

Qatar

B guruhi

Iroq

Iordaniya

Saudiya Arabistoni

Shimoliy Koreya

C guruhi

O‘zbekiston

Eron

Indoneziya

Yaman

D guruhi

Yaponiya

Janubiy Koreya

Suriya

Tailand

Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar markaziy banklari kengashi tashkil etildi

O‘zbekiston Markaziy banki rahbariyati Bishkek shahrida o‘tkazilayotgan Turkiy davlatlar tashkilotining 11-sammiti doirasida markaziy bank rahbarlari uchrashuvida qatnashdi.

Uchrashuvda Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo markaziy banklar kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Shuningdek, tadbir davomida Ozarbayjon Markaziy banki raisi Talex Kyazimov, Qozog‘iston Milliy banki raisi Timur Suleymenov va Turkiya Markaziy banki raisi Fatix Karaxan bilan ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati va kelasi davrlar uchun o‘tkaziladigan qo‘shma tadbirlar muhokama etildi.

Lyuksemburgning O‘zbekistondagi birinchi elchisi tayinlandi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Lyuksemburgning mamlakatimizdagi birinchi elchisi Tom Risen bilan uchrashib, uni yangi lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi.

Uchrashuvda ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish, savdo-sotiqni qo‘llab-quvvatlash, sheriklik munosabatlarining huquqiy asoslarini mustahkamlash va boshqa masalalar muhokama qilingan.

Saidov o‘zining Telegram’dagi kanalida O‘zbekiston va Lyuksemburg o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha vazirliklar oldida katta ishlar turganini ta’kidladi.

Fly Khiva endi yo‘lovchi tashish sohasida faoliyat yuritadi

Fly Khiva aviakompaniyasi yuk tashish xizmatlari bilan bir qatorda endilikda yoʻlovchi tashish xizmatlarini ham yoʻlga qoʻymoqda. Bu haqda kompaniyaning Telegram kanalida e’lon qilindi.

Xabarda ta’kidlanishicha, bu hafta Toshkent shahrida Fly Khiva yoʻlovchi tashish xizmatlarining taqdimoti oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Ilgari Fly Khiva faqat yuk tashishga ixtisoslashtirilgan edi.

Namangan viloyatida 7 noyabrdan isitish mavsumi boshlanmoqda

Namangan viloyatida aholi turar joylari va ijtimoiy soha obʼektlarini isitish mavsumi 2024-yil 7-noyabrdan boshlanadi. Bu haqda hokim Shavkat Abdurazzoqovning farmoyishi eʼlon qilindi.

Viloyat qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi “Issiqlik manbai” DUK bilan birgalikda kommunal xizmatlar koʻrsatilayotgan hududlardagi koʻp qavatli uylar, ijtimoiy soha va boshqa obʼektlarga qish mavsumida uzluksiz hamda bir meʼyorda issiqlik energiyasi yetkazib berilishini taʼminlaydi. Viloyatda kommunal soha mutasaddilaridan iborat Tezkor shtab tuziladi. Tuman va shaharlar IIB binolarida mazkur shtabga biriktirilgan boshqa shtablar tashkil etiladi. Ular 2024-yil 6-noyabrdan 2025-yil 15-martgacha tunu-kun faoliyat yuritadi.

Tabiiy gaz yetib bormaydigan hududlarni suyultirilgan gaz bilan taʼminlash choralari koʻriladi.

Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari Gʻ. Jamolov hamda Gʻ.Murodxoʻjayevlar zimmalariga yuklangan.

Eslatib oʻtamiz, 7-noyabrdan Toshkent va Navoiyda ham isitish mavsumi boshlanishi xabar berilgandi. Oʻzbekiston boʻylab ilk bor 1-noyabrdan Surxondaryoda isitishga start berilgandi.

Теги :
Jamiyat