$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 9-oktyabrning eng muhim voqealari

positive-24-10-9

Mehmondo‘stlik sohasida eng yirik ko‘rgazma boshlandi

Bugun “O‘zekspomarkaz” pavilyonida O‘zbekistondagi mehmondo‘stlik sohasidagi eng yirik “HoReCa Expo Uzbekistan 2024” ko‘rgazmasi boshlandi. Ko‘rgazmani Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev ochib berdi. Tadbir turli sessiyalar, B2B va G2B uchrashuvlari, yangi mahsulot va xizmatlar taqdimotlarini o‘z ichiga oladi. “HoReCa Expo Uzbekistan 2024” doirasida “Yashil texnologiyalar va investitsiyalar” va “Raqamli mehmondo‘stlikning kelajagi” mavzularida konferensiya bo‘lib o‘tadi, unda yashil texnologiyalar va raqamli mehmondo‘stlikning dolzarb mavzulari va tendensiyalari muhokama qilinadi.

Toshkent shahrining havo sifatini baholash bo‘yicha hisobot taqdim etildi

Jahon banki Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan birgalikda “Toshkent shahri havo sifatini baholash va O‘zbekistonda havo sifatini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasi” hisobotini taqdim etdi. Hisobot Iqtisodiyot va moliya vazirligi ko‘magida tayyorlangan bo‘lib, O‘zbekiston poytaxtidagi havo sifatining diagnostik tahlili, shuningdek, mamlakatda havo sifatini boshqarish mexanizmlarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. 

Yangi yo‘nalishda ilk reys

“Qo‘qon – Buxoro – Qo‘qon” yo‘nalishidagi birinchi reys ko‘hna va boqiy Buxoro xalqaro aeroportida milliy cholg‘ular sadolari ostida tantanali kutib olindi. Bundan tashqari, “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida 60 yoshdan oshgan erkaklar hamda 55 yoshdan oshgan ayollar uchun joriy yilning 1 noyabridan 30 noyabr sanasiga qadar barcha tariflarda 10 foiz chegirma taqdim etiladi.

Saylovlarda xalqaro kuzatuvchilar

Saylovlarda uzoq muddatli kuzatuvchi sifatida mamlakatimizga tashrif buyurgan YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi vakillari Diletta Berardinelli (Italiya) hamda Vladimir Agronomov (Rossiya) viloyatimizdagi saylovga tayyorgarlik jarayonlarini kuzatib bormoqda. Shu bilan bir qatorda, turli davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida uchrashuvlar tashkil etmoqda. Kuni kecha xalqaro kuzatuvchilar O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi viloyat boshqarmasida bo‘lib, bu yerda tashkil etilgan o‘quv kurslari faoliyati bilan tanishdi. O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Dolli Allayev hamda o‘quv kursi direktori Ramz Zohirov YeXHT vakillariga o‘zini o‘zi boshqarishning dunyoda o‘xshashi yo‘q shakli bo‘lgan mahalla tuzilmasi, uning iqtisodiy, ijtimoiy vazifalari, so‘nggi yillarda mamlakatimizda mahallalarni rivojlantirish, aholining turmush farovonligini oshirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar haqida keng ma’lumot berdi.  

Теги :
Jamiyat