$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 5-oktyabrning eng muhim voqealari

positive

Jahonning eng kuchlilari orasida vakillarimiz ham bor

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida dzyudo bo‘yicha o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining to‘rtinchi kungi musobaqalari ostonasida O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta medal bilan 67 ta davlat orasida umumjamoa hisobida 9-o‘rinni egallab turibdi.

Kecha o‘tkazilgan uchinchi kungi bellashuvlarda terma jamoamiz a’zolaridan -90 kilogramm og‘irlikda vatanimiz sharafini himoya qilgan Alisher Samanov bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Medallar jamg‘arish borasida Yaponiya terma jamoasi 6 ta oltin, 4 ta kumush, 1 ta bronza medali bilan yakka peshqadamga aylanib oldi. 1 ta oltin, 2 ta kumush medalli Xitoy terma jamoasi ikkinchi o‘rinni, 1 ta oltin va 1 ta bronza medaliga ega chiqqan Fransiya terma jamoasi 3-o‘rinni band etgan.

Xalqaro turnirda bokschilarimiz 10 ta medalli bo‘ldi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Qozog‘istonning Aktau shahrida “Shokir Boltekuli” xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy XVI xalqaro turnirda 4 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Mazkur musobaqalarni hakam sifatida boshqarib borishda “Atlanta-1996” Olimpiadasi sovrindori, hozirda xalqaro toifadagi referi, hamyurtimiz Karim To‘laganov ishtirok etdi.

O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari telefon orqali suhbatlashdi

5-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari Tojikiston yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sog‘lik va yangi muvaffaqiyatlar, birodar tojik xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi.

Eron bilan turizm sohasida hamkorlik kengaymoqda

Turizm qo‘mitasida Eron Madaniy meros, turizm va hunarmandchilik vaziri o‘rinbosari Maryam Jaloli Dehkordi bilan muzokaralar chog‘ida sohada ikkitomonlama hamkorlikning hozirgi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Eron tomoniga oxirgi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev boshchiligida turizm sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijalari yetkazildi. Davlatlar o‘rtasida turli, jumladan, ziyorat, hunarmandchilik, ta’lim yo‘nalishlari, orqali turistik oqimlarini kengaytirish masalasiga alohida e’tibor berildi. 

Теги :
Jamiyat