$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 29-oktyabrning eng muhim voqealari dayjesti

Pos 29-oktyabr

Malayziya O‘zbekiston davlat idoralariga quyosh panellarini o‘rnatishni boshlaydi

O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning Selangor shtatining Kuala-Langat tumani Jyenjarom shaharchasi hududida joylashgan Sunview Group kompaniyasiga qarashli quyosh fotoelektr stansiyasiga tashrif buyurib, kompaniyaning loyihalar menejeri Jon Stid bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Sunview Group kompaniyasi vakiliga ko‘ra, joriy yil iyul oyida kompaniya va O‘zbekiston Energetika vazirligi o‘rtasida ikkita quyosh elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha dastlabki shartlarni belgilash to‘g‘risidagi bitim imzolangan.

Jon Stid Energetika vazirligi qoshidagi Yashil Energiya MChJ bilan ijtimoiy obektlar va davlat idoralariga panellarni o‘rnatish ishlarini boshlashga tayyorligini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda o‘rtacha necha yoshda nikoh qurilayotgani aytildi

Joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida qayd etilgan nikohlarda ayollarning o‘rtacha yoshi 22,5 yoshni, erkaklarning o‘rtacha yoshi esa 27,4 yoshni tashkil etgan.

Statistika agentligi xabariga ko‘ra, nikohlanuvchi ayollarning yoshi bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:

-        20 yoshgacha 18,4 foiz;

-        20-30 yosh 68,8 foiz;

-        31-40 yosh 9,3 foiz;

-        41 yosh va kattalar 3,5 foiz.

Murodjon Ahmadaliyev vaqtinchalik WBA kamari uchun jang qiladi

O‘zbekistonlik professional bokschi Murodjon Ahmadaliyev (12−1, 9 KO) meksikalik Rikardo Espinosa Franko (30−4, 25 KO) bilan chempionlik jangini o‘tkazadi, deya xabar bermoqda World of boxing promotions promouterlik kompaniyasi.

Bokschilar birinchi yarimengil vaznda vaktinchalik WBA kamari uchun jang qiladi. Uchrashuv 14-dekabr kuni Monte-Karloda (Monako) bo‘lib o‘tadi.

“O‘zbekiston texnologik materiallar kombinati” yillik eksport rejasini bajardi

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 75-yillik yubileyi arafasida kombinat tarkibiga kiruvchi “O‘zbekiston texnologik materiallar kombinati” mehnat jamoasi muddatidan avval eksport prognoz rejasini bajarishga muvaffaq bo‘ldi.

Mehnat jamoasiga 2024 yilda 31 050,0 ming AQSH dollari miqdorida sanoat mahsuloti ishlab chiqarish vazifasi belgilangan edi.

Rejaga ko‘ra, yil davomida korxona 30 000,0 ming AQSH dollari miqdorida 750,0 tn. molibden metalli hamda 1 050,0 ming AQSH dollari miqdorida 30,0 tn. volfram metalli ishlab chiqarish lozim edi.

Bugungi kun holatiga, briket shaklidagi molibden metalli va 28 060,58 ming AQSH dollari miqdoridagi 567,87 tn. briket shaklidagi molibden metalli, shuningdek, 3 304,07 ming AQSH dollari miqdoridagi 61,98 tn. shtabik molibden metalli eksportga yuborilgan.

Jami shu kungacha 31 364,65 ming AQSH dollari miqdoridagi mahsulotlar eksport qilindi, va prognoz rejasi muddatidan oldin 101,0 foiz bajarildi.

Теги :
Jamiyat