$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 23-oktyabrning eng muhim voqealari dayjesti

Positive-24-10-23

Isroil Madrimov “The Ring” reytingi yetakchilari qatorida

Isroil Madrimov “The Ring” jurnalining oktyabr oyi uchun yangilangan reytingida 2-o‘rinni egalladi. Bu haqda O‘zbekiston Professional boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi. Super yarimo‘rta vazn toifasida faoliyat olib boruvchi WBA yo‘nalishida sobiq jahon chempioni hisoblangan Madrimov o‘tgan oy ham reytingda 2-pog‘onani band etgan. Reytingda hamon amerikalik Terens Krouford yetakchilik qilmoqda. Isroil Madrimovning bo‘lajak raqibi ukrainalik Sergey Bogachuk esa 6-o‘rinda qayd etilgan.

“The Ring” reytingi:

1. Terens Krouford (AQSH);

2. Isroil Madrimov (O‘zbekiston);

3. Baxram Murtazaliyev (Rossiya);

4. Sebastyan Fundora (AQSH);

5. Virjil Ortis (AQSH);

6. Sergey Bogachuk (Ukraina);

7. Tim Szyu (Avstraliya);

8. Xesus Ramos (AQSH);

9. Charlz Konuyell (AQSH);

10. Brayan Mendoza (AQSH).

Ombudsmanga yan bir yangi huquqi berildi

Senat 23-oktyabrdagi yalpi majlisda ombudsman to‘g‘risidagi yangi tahrirdagi qonunni ma’qulladi. Ushbu qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 17-sentyabr kuni qabul qilingandi. Mazkur qonunga ko‘ra, ombudsmanga O‘zbekiston prezidentiga, Oliy Majlis palatalariga va Vazirlar Mahkamasiga maxsus ma’ruza taqdim etish huquqi beriladi. Maxsus ma’ruza insonning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklash bo‘yicha xulosa yoki takliflardan iborat bo‘ladi.

34 mingdan oshiq murojaat tezkor hal etildi

Prezident topshirig‘iga asosan Xalq qabulxonasi rahbari Ulug‘bek Muhammadiyev boshchiligida chekka hududlarda Oliy sud, huquq-tartibot organlari, setor rahbarlari, “mahalla yettiligi” hamda tegishli tashkilot mas’ullari ishtirokida sayyor qabullar tashkil etilmoqda. Jumladan, joriy yilning sentabr - oktabr oylarida tashkil etilgan ochiq muloqotlar davomida jami 64 mingga yaqin aholi qabul qilinib, 34 mingdan ziyodining muammolariga tezkorlik bilan yechim topildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan 29 mingta ariza-shikoyatlar bo‘yicha aniq muddat va mas’ullar belgilanib, ijrosi nazoratga olinadi. Qabullar davomida kelib tushgan murojaatlarning asosiy qismi sud-huquq, ichki ishlar idoralari faoliyati, tadbirkorlik va kredit ajratish, gaz, elektr, suv, issiqlik ta’minoti, moddiy yordam va bolalar nafaqasi, sog‘liqni saqlash sohasi, maktab va maktabgacha ta’lim masalalari, bandlikni ta’minlash kabi qator yo‘nalishlar bilan bog‘liq bo‘ldi. Oliy sud raisi o‘rinbosarlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy, Sirdaryo, Samarqand, Toshkent, Namangan, Andijon, Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida sud sohasi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha 1 mingdan ziyod fuqarolar qabul qilindi.

Imom al-Buxoriy nomidagi madrasani qurish masalasi muhokama qilindi

O‘zbekiston Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi hamda Afg‘oniston Shaharsozlik vazirligi mutasaddilari o‘rtasida videokonferensaloqa formatida muzokaralar tashkil etildi. Uchrashuvda Afg‘oniston tomonidan, shuningdek, Balx viloyati ma’muriyati, Tashqi ishlar vazirligi bo‘limi, viloyat hududiy shaharsozlik boshqarmasi rahbariyati va vakillari qatnashdi. Tomonlar hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy fikr almashdilar. Mozori Sharif shahrida Imom al-Buxoriy nomidagi madrasani qurish ishlariga e’tibor qaratdi. Afg‘oniston tomoni O‘zbekiston rahbariyatiga Afg‘onistonga ko‘rsatilayotgan doimiy yordam va qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorlik bildiradi.

Теги :
Jamiyat