$
 12374.55
-48.35
 14425.01
-32.76
 153.13
-1.17
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 13-oktyabrning eng muhim voqealari

positive

Gonkongda triatlondan medallar

Bugun Gonkongda triatlon boʻyicha U15 va U17 yosh toifalaridagi Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi. Quvonarlisi, U17 yoʻnalishidagi bellashuvlarda hamyurtimiz Diana Bektemirova kumush medalni qoʻlga kiritdi. 

Mazkur dasturda sportchilar 375 metrga suzish, 9 km velopoyga va 2,5 kmga yugurish boʻyicha kuch sinashishdi. Bellashuvda Yaponiya vakilasiga oltin medal nasib etgan boʻlsa, mezbon atlet kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Qirg‘izistonning nufuzli OAV vakillari uchun press-tur tashkil qilindi

O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iz Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida 2024-yilning 11-15-oktyabr kunlari AOKA hamda Turizm qo‘mitasi hamkorligida Qirg‘iz Respublikasi OAV vakillarining O‘zbekistonga press-turi tashkil etildi.

11-oktyabr kuni 25 nafar Qirg‘iz Respublikasi OAV vakillari Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro Aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) direktori Asadjon Xodjayev, Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sardor Niyazov va Qirg‘iz Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Musa Jamanbayev tomonidan kutib olindi.

Kinematografiya agentligi vakillari Saudi Film Confex 2024 da ishtirok etishmoqda

2024-yil 9-12-oktyabr kunlari Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni Qirolligi) da bo‘lib o‘tayotgan kinobozorda “Yoshlik” kinostudiyasi direktori Alisher Abdunazarov, agentlik xalqaro bo‘limi xodimi Behzod Qodirovlar qatnashishmoqda. 

Saudi Film Confex qirollik kino sanoatining asosiy biznes markazi hisoblanib, butun dunyodan kelgan taniqli kinoijodkorlar, prodyuserlar, ekspertlarga mezbonlik qiladi. Saudi Film Confex dasturidan filmlarni moliyalashtirish, sarmoya va biznes yechimlar, shuningdek, kino sanoati infratuzilmasini rivojlantirishga ixtisoslashtirilgan konferensiya, seminar va ko‘plab interaktiv mashg‘ulotlar joy olgan. 

Saudi Film Confex kinobozorida Kinematografiya agentligi delegatsiyasi uchun alohida burchak tashkil etilib, xorijiy prodyuser hamda rejissyorlar bilan hamkorlik bo’yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Qatar madaniyat vaziri o‘zbek mutafakkirlari haqida hamkorlikda kitob-albom chop etish taklifini bildirdi

Kuni kecha Qatar madaniyat vaziri Shayx Abdulrahmon bin Hamad Al-Tani boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi qurilish maydonida bo‘ldi.

Qatar madaniyat vaziri bu yerdagi jarayon bilan tanishish chog‘ida o‘zbek ulamolarining islom tamadduniga qo‘shgan ulkan hissasi, ular tomonidan yaratilgan bebaho asarlar hamda hozirgi kunda davlatimiz rahbari tashabbusi va sa’y-harakatlari bilan buyuk ajdodlarimizning ilmiy, ma’rifiy va madaniy merosini asrab-avaylash, qayta tiklash va o‘rganish yuzasidan olib borilayotgan islohotlarni yuksak baholadi.

Markaz axborot xizmatining xabariga ko‘ra, delegatsiya a’zolarida bino ravoqlariga milliy naqqoshlik uslubida yozilgan oyatlar, hadislar, Qur’on zaliga qo‘yilayotgan pushti rangdagi tabiiy toshdan iborat bezaklar, 70 jildlik “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” kitob-albomlari katta taassurot qoldirgan.

Теги :
Jamiyat